Turkiya hukumati Qora dengizda tijorat kemalari harakatiga çeklov kiritdi, deb xabar berdi Bloomberg öz manbalariga tayanib.

Ularning sözlariga köra, uşbu qaror hududda Rossiya va Ukraina kemalariga hujumlar soni oşgani sababli Turkiya «hukumatining xavotiri kuçayib borayotgani» bilan boğliq.

Agentlikning ma’lumot berişiça, Turkiya sohil xavfsizligi boş boşqarmasi Novorossiysk tomon suzib ketayotgan kemalarga ayni vaqtda tranzit ruxsatnomalari berilmayotganini bildirgan.

Bloomberg manbalariga köra, boşqarma şuningdek, Dardanell böğozi orqali ötiş uçun beriladigan arizalarni körib çiqiş vaqtini uzaytirgan.

Öz navbatida, Turkiya taşqi işlar vazirligi Rossiya va Ukrainani Qora dengizda xavfsizlikni ta’minlaş uçun çoralar körişga çaqirgan.