2017 yil 16 mayda Wyndham mehmonxonasida Yaponiyaning dunyoga maşhur Hitachi kompaniyasining tadbiri bölib ötdi. Mazkur tadbirda kompaniyaning Özbekiston bozoriga kirib kelgan premium toifali sovutgiçlarining taqdimoti ötkazildi.

Taqdimot marosimiga yurtimizning turli viloyatlaridan köplab mehmonlar, taşkilot va firma vakillari taşrif buyurişdi.

Hitachi — bu moliyaviy-sanoat korporatsiyasi bölib, uning tarkibiga 1100dan ortiq korxonalar kiradi. Umumiy işlab çikarilgan tovar-mahsulotlarning 6 foizi maişiy uy-texnikasidir. 2020 yilda korporatsiya özining 110 yilligini nişonlaydi.

Taqdimotda Hitachi kompaniyasining faoliyati, işlab çiqariş texnologiyasi, Özbekiston bozoriga olib kirilgan yangi sovutgiçlar seriyasi hamda ularning tasnifi haqida batafsil ma'lumotlar berib ötildi.

Şuningdek, kompaniya vakillari Özbekistonda brend va modellar sonini rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan rejalar bilan taşrif buyurgan mexmonlarni taniştirib ötişdi.
Xidenori Zen, Hitachi kompaniyasining Yaqin Şarq mamlakatlaridagi savdosi böyiça direktori:

“Kompaniya özining barça mijozlariga 100 foiz sifatga javob beruvçi eng sara mahsulotlarini taqdim etadi. Bu bizning şiorimizdir. Maişiy texnikalarning sifati va texnologiyasi 100 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli işlaşi tajribalar orqali sinalgan. Hitachi doimo insonlarning zamonaviy xohiş va ehtiyojlariga javob bera oladigan mahsulotlarni yaratadi.

Bugungi taqdimotda e'tiboringizga bejirim dizaynga ega sovutgiçlar seriyani taqdim etamiz. Ular Özbekistonning issiq iqlim şaroitiga moslab yaratilgan. Özbekiston bozorida yaqin kelajakda sovutgiçlardan taşqari, eng sara kir yuviş maşinalari va çangyutgiçlarning ham taqdimotini ötkaziş rejalaştirilgan".
















