Özbekistonning sayohat qilişga arzigulik 19ta ajoyib maskani
|21:53 / 19.05.201752 52912 min
2016 yil oxirlaridan Özbekistonning sayyohlik salohiyatini oşiriş mavzusi keng muhokama qilinmoqda. Şu örinda, ta'kidlaş joizki, Özbekistonda köplab arxeologik, tabiiy diqqatga sazovor joylar köp. Biroq, ularning aksariyati turli sayyohlik qöllanmalari va xaritalarda aks etmaydi yo bölmasa kam e'tibor beriladi. Kommersant.uz sayti Özbekistonning 19ta must-visit (boriş şart) maskanlarini öquvçilari e'tiboriga havola qilgan.
1. Xöja Gur-gur ota mavzesi
Foto: Facebook/@mysteriouzb
Bu mavze Özbekistonning Surxondaryo viloyatida joylaşgan. Bu yerda köplab qiziq jihatlarga duç keliş mumkin: bu yerda ekstremallarni 500 metrlik tik qoya, çuqur kan'onlar, dinozavrlarning toşga aylangan izlari va balandligi 3700 metrga yetuvçi qoyalar kutmoqda.
Unga Boysun tomondan ikki yöl orqali boriş mumkin: birinçisi — Olaçopon, Qayroq va Dubola qişloqlari orqali, ikkinçisi — Darband darasi orqali Maçoy, Qizil Naur va Kentala qişloqlaridan ötib boriladi.
2. Maydanak baland toğ observatoriyasi
Foto: Facebook/@mysteriouzb
Maydanak toğli observatoriyasiga 1970 yilda Şahrisabz şahridan 45 km janubda joylaşgan Maydanak platosida asos solingan bölib, u Şimoliy yarim şardagi eng yaxşi observatoriyalardan biri hisoblanadi. Bu yerda 4ta kometa, 80dan ortiq asteroid, yangi Samarqand nomi berilgan mitti sayyora kaşf qilingan. Observatoriya joylaşgan joy şunçalik sokinki, köpçilikda tovuşli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Yulduzlar juda ham yaqin köringanidan, Katta ayiq yulduzlariga qöl uzatsa yetgudek taassurot uyğotadi.
3. Möynoqdagi kemalar qabristoni
Foto: Instaram/@otabek_mirsagatov
Ba'zan sof niyatlar ayançli oqibatlarga ham olib kelişi mumkin. Orol dengizi va uning sohilida barpo etilgan Möynoq şahri taqdirini uşbu fikrga isbot deyiş xato bölmaydi. Inson omili tufayli qaçonlardir gullab-yaşnagan mintaqa sahroga aylandi. Dengiz örnida qaqqayib turgan kemalar tabiatga qançalik jiddiy zarar yetkazilganiga namunadir.
Mavzuga oid
Möynoqqa Nukus şahri orqali boriladi. Şahar orasidagi masofa 220 km. Nukusdan Möynoqqa ertalab avtobus ham yölga çiqadi. Sönggi avtobus kunduzi soat 3larda ortga qaytadi. Albatta, yengil avtomobilda borgan yaxşiroq.
4 I. V. Savitskiy nomidagi Davlat san'at muzeyi
Foto: Meros.uz
Respublikadagi eng maşhur muzeylardan biri bölib, rossiyalik avangard rassomning dunyodagi ikkinçi eng yirik töplami Nukus şahrida joylaşgan. 1966 yilda rassom va san'atşunos Igor Savitskiy şahar hokimiyatini bu yerda muzey taşkil etişga işontiradi. Şu maqsadda unga bino berilib, özi direktor sifatida tayinlanadi. Bugungi kunda muzeydagi eksponatlar soni 90 mingga yaqindir.
5. Darband darasi
Foto: Facebook/@mysteriouzb
Surxondaryoning Boysuni çekkalarida Darband darasi joylaşgan. «Darband» tojik tilidan tarjima qilinganda «yopiq eşik» ma'nosini anglatadi. Bu yerda istqomat qiluvçi aholi daraga olib boruvçi yölni saqlab qolişgan. Daraga şundoqqina kiraverişda bir vaqtlar qamoq vazifasini bajargan Zindonak bor. Yöl uzra davom etilsa Xöjamoy-ota ziyoratgohiga boriladi. Uning yaqinida Kaptarxona deb nomlanuvçi kabutarlar vodiysi bölib, unda minglab quşlar yaşaydi.
6. Şahrisabz Oqsaroyi
Foto: Uzbek-Travel
Oqsaroy Amir Temurning tuğilib ösgan şahri Şahrisabzdagi qarorgohidir. U 24 yil mobaynida qurib bitkazilgan. Bino atrofida unga qöşilib ketgan bir neça hovli bölib, ular atrofida turarjoylar qurilgan. Saroy tomida hovuz bölib, unda favvora otilib turgan. Oqsaroyning 300 yillar avval qulab tuşgan arki mintaqada eng yirigi hisoblangan. Ayni vaqtda, ulkan saroyda atigi 2ta yodgorlik-minora qolgan.
7. Araşan köllari
Foto: Facebook/@mysteriouzb
Toşkent viloyatining Qirğiziston respublikasi va Namangan viloyati bilan çegaradoş hududda 3000 metrdan balandlikda Araşan köli joylaşgan. Albatta, unga yetib boriş oson bölmaydi. Çunki, yöl ba'zan Angren platosidagi daraga tuşib ketsa, kutilmaganda tepaga kötariladi. Dastlab köllarning kiçigi – Xöja Araşan keladi. Uning çaproğida Katta Araşan köli joylaşgan. Yanada balandroqqa kötarilganda, 3400 m balandlikda toğ tizmalari ortida Muzli köl yaşiringan.
8. Şayton jiğa yoki «Iblis dubulğasi»
Foto: livejournal/mr-shoor
Samarqanddan 30 km janubda Ilonsoy va Taxtiqoraça platosi joylaşgan bölib, bir qaraşda unda ulkan toşlar ataylab soçilgandek körinadi. Bu holat Mironköl buloqlaridan Qoratepa qişloğiga qadar bir neça kilometrga çözilgan. Hududning tabiati juda ham ajoyib. Yirik toşlar turli hayvonlar, yirik quşlar va yoki toşga aylangan ulkan jonzotlarga öxşaydi. Aytişlariça, bu yerda yoqimsiz quvvat taraladi.
9. Hazrati Dovud ğori
Foto: SamBuh.ru
Samarqanddan 40 km janubi-ğarbdagi Oqsoy qişloğida Özbekistondagi eng maşhur qadamjolardan biri – Hazrati Dovud ğori joylaşgan. Ma'lumki, Dovud alayhissalom dunyodagi uç yirik din (yahudiylik, nasroniylik va Islom)da 4 muqaddas kitobdan biri tuşirilgan payğambar hisoblanadi. Uşbu joy nima uçun aynan şunday nomlangani borasida bir neça afsona bor. Ulardan biriga köra, Hazrati Dovud yakkaxudolikka taşviq qiliş uçun uşbu mintaqaga yöl olgan va mahalliy otaşparastlarning keskin qarşiligiga uçrab, şu yerdan boşpana topgan. U qöllari bilan toğni ikkiga yorib, içiga yaşiringani aytiladi. Ğorga 1303ta tepaga çiquvçi va 200ta pastga tuşuvçi zinapoya orqali boriladi. Bu yerda Hazrati Dovudga tegişli ekani aytiladigan qöl va oyoq izlarini köriş mumkin.
10. Nurota toğ davlat qöriqxonasi
Foto: Facebook/@mysteriouzb
Nurota davlat qöriqxonasi Jizzax viloyatining Nurota tizmalari markaziy qismida joylaşgan. Bu yerda tabiatning turli xil gözal manzaralaridan taşqari Nurota tizmalari ham kişi e'tiborini tortadi. Qadimgi petrogliflar, ming yillik tarixga ega şarqiy Biota (Majrum soyi), Fozilman köli, Aşrof, Hayot, Uxum, Sentobsoy qişloqlari 10-11 asrlarga xos Xonbandi töğoni ham kişini öziga rom etadi. Bu yerda tabiat gözalligi va qadimgi yodgorliklar uyğunlaşib ketgan.
11. Jaraquduqdagi «toşli örmon»
Foto: Livejournal/sibved
Qaçonlardir bu yerda dengiz bölgan. Endilikda u yerda turli hayvonlar qoldiqlariga duç kelinadi. Ularga köra, aytiş mumkinki, Özbekiston hududida ham qaçonlardir dinozavrlar, timsohlar bölgan, dengizlarda akula va skatlar suzib yurgan. Qizilqum sahrosi hududida bir vaqtlar dunyo okeani mavj urganiga işoniş qiyin albatta. Bundan taşqari, qadimgi örmon qoldiqlari ham közga taşlanadi. Agar siz qadimgi baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvçilar, quşlar va boşqa sut emizuvçi hayvonlar qoldiqlariga qiziqsangiz, bu yer aynan siz uçun ekani aniq.
12. Quruqsoy manzili
Foto: Kommersant.uz
Quruqsoy ham toğli manzil bölib, Qaşqadaryo viloyatida, Jizmonsoy qişloği yaqinida joylaşgan. Bu yerda toş asriga tegişli ibodatxona mavjud bölib, uni mahalliy aholi Siypantoş deb ataşadi. Siypantoşning silliq yuzasi va yon-atrofdagi toşlarga yovvoyi otlar, kulonlar, böri, tulki va tuyalarning surati tuşirilgan. Ov manzaralari keyingi davrlarga tegişli ekanini ta'kidlaş joiz.
13. Buxoro amiri saroyi
Foto: images.esosedi.ru
Saroy qurilişi Buxoro amiri Said Abdulahadxon buyruği asosida Buxoro şahridan 12 km şarqdagi Kogon şahrida 1895 yilda boşlangan. Uni öşa vaqtdagi maşhur rossiyalik arxitektor Aleksey Benua loyihalaştirgan. Qasr Mavritaniya uslubida barokko, ampir va arab usullari uyğunlaşgan holda barpo qilingan. Keyinçalik, Amir Olimxon Buxoroga kelgan yuqori lavozimli mehmonlar uçun qarorgoh sifatida foydalangan. Bugungi kunda bu yerda Temiryölçilar madaniyat saroyi faoliyat yuritadi
14. Quva şahri
Foto: Meros.uz
Quva şahri tarixi eramizdan avvalgi 4-3 asrlarga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar fikrimiz dalilidir. Quva Farğona viloyat markazidan 20 km masofada joylaşgan. Qaçonlardir bu yerda hunarmandlarning yirik savdo qörğoni bölgan.
15. Örunğoç köli
Foto: Facebook/@mysteriouzb
Toğning baland tizmalarida joylaşgan kiçik Örunğoç köli Özbekistonning Ugom-Çotqol milliy parki hududida Toşkentdan 150 km uzoqlikda joylaşgan. Yuqori Örunğoç köli yanada balandroqda bölib, unga 4 km piyoda yöl yuriş kerak böladi. U kiçik köldan farqli ravişda heç qaçon qurimaydi. Yuqori köl tiniq moviy tusda bölib, hajmi böyiça kiçigidan ikki karra yirikdir. U dengiz sathidan 1227 metr balandlikda joylaşgan.
16. Mizdoxkon qabristoni
Foto: Centralasia-treavel.com
Mizdoxkon (er.av.IV asr — er.XIV asri, XVII — XX asrlari) Qoraqalpoğistonning Xöjayli şahridan 3-4 km janubda joylaşgan. U Markaziy Osiyodagi eng qadimgi qabristonlardan biri hisoblanadi. Bundan taşqari, şaharga Oltin örda hukmronligi vaqtida asos solingan.
17. Quyoş fizikasi Instituti
Foto: Pixland/Pavel Kim
Quyoş fizikasi Instituti Toşkent viloyati Parkent tumani «Quyoş» qörğonida joylaşgan. Majmua ekologik toza hududda joylaşgan bölib, bu yerda quyoşli kunlar 280 kunni taşkil etadi. Bunday inşoot dunyoda ikkita bölib, yana biri Fransiyada joylaşgan.
Quyoş laboratoriya 3ta inşootdan iborat: quyoş energiyasi konsentratori (10 700 oynadan iborat), geliostatlar majmui (62ta boşqariluvçi, 195ta kiçik, umumiy hisobda 12 090ta oyna), texnologik minoradan iborat.
Avvallari bu bino harbiy maqomga ega edi. Bu yerda kosmik qurilmalarning sirtqi qoplamalari va harbiy texnikalar sinovdan ötkazilgan. Bugungi kunda Institutda nazariy va tajribaviy tadqiqotlar ötkaziladi. Quyoş uzra köp maqsadli kuzatuvlar olib boriladi. Institutda, şuningdek, tibbiyot, neftgaz va töqimaçilik sanoati uçun işlanmalar amalga oşiriladi.
18. Poyi Kalon ansambli
Foto: Paganel.tv
Ajoyib va uluğvor Poyi Kalon ansambli qurilişi 12-16 asrlarda olib borilgan bölib, Registon Samarqand uçun qanday ahamiyatga ega bölsa, u Buxoro uçun şunday ahamiyatlidir. Maydonda yuksak Minorai Kalon bor. Uning yuqorisidan şahar gözalligidan bahra oliş mumkin. U Buxoroning qadimgi minoralaridan biri bölib, balandligi 47 metrni taşkil etadi. Uning yonida maşhur Mir-Arab madrasasi, Kalon masjidi va Amir Olimxon madrasasi barpo etilgan. Bu ansamblni körmagan kişi Buxoroga kelganini iddao etmasa ham böladi. Albatta, Minorai Kalonni şaharning turli burçagidan körmaslikning iloji yöq.
19. Içanqala qal'asi
Foto: Paganel.tv
Içanqala Xivadagi eng qadimgi qal'a hisoblanadi. Uning maydoni 1 kv.km.ni taşkil etadi. Bugungi kunda oçiq osmon ostidagi muzeyda 300ga yaqin oila istiqomat qiladi. Içanqala Markaziy Osiyoning Jahon merosi röyxatiga birinçi kiritilgan yodgorligidir. Şahar 10 metr balandlikkaça barpo qilingan tişli devorlar va mudofaa minoralari bilan qurşab olingan. Bizning kungaça 4ta minoradan uçtasi hamda 400ga yaqin an'anaviy uylar va xöjalik binolari saqlanib qolgan. 60dan ortiq arxitektura yodgorliklarini ham köriş mumkin. Ular orasida Qöhna Ark, Taş Hovli saroyi majmuasi, Kalta-Minor, maşhur 213ta ustunli Juma masjid, Said Ollouddin maqbarasi, Şerğozixon madrasasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, gumbazlar bilan yopilgan ulkan bozor, Xivaning timsoli bölib qolgan Islomxöja minorasi şular jumlasidan. Aytiş mumkinki, Xivaga kelgan sayyoh özini örta asrlarga tuşib qolgandek his qilişi şubhasiz.