Şarifa opa (ism-familiyalar özgartirilgan) qizini Salohiddinga uzatayotganida undan umidlari katta edi. Salohiddin şu qişloqda, közi oldida katta bölgan, toparman-tutarmon yigit edi. Boz ustiga fermer, mulkdor, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bundan ortiq kuyovni topib bölarmidi?! Afsuski, opaning orzulari sarobga aylandi. Odamning olasi içida böladi deganidek, töydan söng Salohiddin asl qiyofasini körsata boşladi. Köp ötmay, oilaga darz ketdi. Bularning barçasiga Salohiddinning takabburligi, manmanligi va johilligi sabab böldi. Qizi uyga qaytib kelganidan Şarifa opaning köngli vayron bölsa-da, ma'naviyatdan yiroq, kuçi faqat haqoratu tahqirlaşga yetadigan kuyovidan qutulganiga şukr qildi.

Biroq Salohiddin boşqaça fikrda edi. U turmuşining buzilişiga qaynona-qaynotasini aybdor deb bilardi. Bir neça bor ular bilan gaplaşib olmoqçi böldi, ammo jur'ati yetmadi. Qolaversa, qaynotasi poytaxtdagi nufuzli idorada işlaydi. Şu bois, u bilan körişiş, yuzma-yuz gaplaşib oliş biroz muşkul iş edi.

Salohiddin qaynotasining yölini uzoq poyladi. Qişloqqa kelganini eşitganida, bir neça bor köçasidan ötdi. Ammo uni yolğiz uçrata olmadi. Qaynotasining yana poytaxtga ketayotganini eşitib, fursatni qöldan bermaslik uçun şu zahotiyoq yölga tuşdi. “Şu bugunoq gaplaşib olaman. Yöqsa, uni yana uzoq vaqt kutişimga töğri keladi”. Salohiddin ana şu xayollar bilan maşinasida borarkan, öz-özidan ğazab otiga mindi. Oilasini parokanda qilgani uçun qaynotasidan buning hisobini söraşga qat'iy ahd qildi. Qöllari muşt bölib tugildi...

Mehmondorçilik avjiga çiqqan bir payt edi. Hammaning kayfiyati a'lo. Sobir Hikmatovni kuzatiş uçun farzandlari, qarindoş-uruğlari, döst-birodarlari töplangan. Tösatdan darvoza ortida şovqin-suron kötarildi. Kimdir ovozining boriça baqirib, uy egasini haqoratlardi. Şarifa opa xavotirlanib, köçaga yugurdi. Unga ergaşib boşqalar ham taşqariga oşiqişdi. Köçada yer tepinib turgan Salohiddinni körib, Şarifa opasining jahli çiqdi.

-  Nega kelding?

-  Sobirni çaqir!

Uy bekasi surbet kuyovning sensiraşidan mehmonlar oldida izza böldi. Salohiddin qaynonasiga yovqaraş qilgança talabini takrorladi.

-  Çaqirmayman, senga ket, dedim!

-  Hikmatovlarning barini...

Salohiddin yomon sökindi. Şarifa opa bundan yer yorilmadi, yerga kirmadi.

-  Sen nega hammani haqoratlayapsan?