Italiyaning Camal va AQŞning OSVehicle kompaniyalari dunyodagi birinçi haydovçisiz transformer avtomobili prototipini taqdim qilişdi. Uning yaratuvçilari ğoyasiga köra, maşina 5 ta asosiy qismdan iborat.

Modelning nomi Edit bölib, uning tarkibiy qismilari quyidagilardan iborat: old va orqa qism, tom, eşiklar va şassi. Şassidan boşqa barça elementlar nisbatan oson almaştirilişi mumkin. Mualliflarning fikriça, şu tariqa maşina turli avtomobil kompaniyalari tomondan turli maqsadlar uçun qöllanişi mumkin. 

Transformatsiyalaniş imkoniyatiga qaramasdan, maşina hamişa deyarli bir xil ölçam va şaklga ega bölib qoladi.

Maşina yaratuvçilarining ta'kidlaşiça, avtomobilda almaştiriluvçi detallarning qöllanişi uni uzoq muddat qöllaş borasida ança samarali qiladi va işlab çiqarilişini arzonlaştiradi.

Hozirça Edit faqatgina render va kompyuter modeli körinişida mavjud. Maşinada kuç qurilmasi sifatida elektr tizimni qöllaş közda tutilgan.

Agar maşinaning seriyali versiyasi işlab çiqariladigan bölsa, uni eng yuqori beşinçi darajadagi avtopilot texnologiyasini qöllaş uçun moslaş mumkin böladi. Beşinçi darajali avtopilotda avtomobilda odam boşqarişi uçun möljallangan heç qanday organlar talab qilinmaydi.