«Roma» hujumçisi va sardori Françesko Totti özining «tvitter»dagi sahifasida joriy mavsumdan söng futbolçilik faoliyatini yakunlaşini tasdiqladi.
Natijada Italiya A seriyasining «Jyenoa»ga qarşi 28 may kuni bölib ötadigan uçraşuv 40 yoşli hujumçi uçun futbolçilik faoliyatidagi sönggisi böladi.
«Bu rang men uçun nimani anglatişi, anglatgani va keyinçalik nimani anglatişini bir söz bilan tuşuntirib bera olmayman. Har doim şunday bölib qoladi.
Futbolga bölgan muhabbatim tuganmas ekanini his qilmoqdaman. Bu ulkan hayajon, mening hayajonim. U şu qadar kuçliki, uning tugaşi haqida heç qaçon öylay olmaydigan darajada… Duşanbadan boşlab yangi çaqiruvlarga tayyorman», — deb yozgan Totti.
Totti «Roma» tarbiyalanuvçisi sanaladi. 1993 yildan buyon jamoa tarkibida töp surgan futbolçi hisobida 782 uçraşuvda kiritilgan 306ta gol va 123ta golli uzatma mavjud.
Eslatib ötamiz, oldinroq rimliklar sport direktori Monçi Totti 2016/17 yilgi mavsumdan söng butsalarini mixga ilişini ta'akidlagandi. Kelgusida u «Roma» texnik direktori lavozimida faoliyat olib boradi. Rimliklar bilan yangi funksiyadagi şartnoma 6 yilga möljallangan bölib, Totti yiliga 600 ming yevro miqdorida maoş oladi.








