Juno zondi Yerga Yupiter sayyorasining magnit maydoni Yernikidan 10 marta kuçliroq ekanini körsatuvçi ilk ma'lumotlarni yubordi. Bu haqda Science naşri xabar bermoqda.
Bundan taşqari, zond Yupiter sirtidagi ulkan tornado tasvirlangan fotosuratlarni ham yuborgan. Olimlarning taxminiça, tornadolardan ba'zilarining ölçami Yerning ölçamidek keladi.
Şuningdek, suratlarda juda ulkan ölçamdagi magnit uyurmalarini köriş mumkin.
Juno Quyoş tizimidagi eng katta sayyoraga 5 yilda yetib borgan va uning orbitasiga 2016 yil iyulida çiqqan.












