AQŞda 39-prezident Jimmi Karterning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi, taniqli siyosatşunos Zbignev Bjyezinskiy 89 yoşida vafot etdi.
Bu haqda uning qizi Mika xabar bergan.
«Mening otam bugun keçqurun olamdan ötdi», - deya yozdi u Instagram’da.
Bjyezinskiy milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi lavozimini 1977-1981 yillarda egallagan.
Sönggi yillarda Vaşingtondagi xalqaro va strategik tadqiqotlar Markazi kuzatuv kengaşi hamraisi edi.
Bjyezinskiy «Buyuk şaxmat taxtasi: Amerikaning yetakçiligi va uning geostrategik talablari» kitobi muallifi edi.











