22 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining maxsus qarori bilan Janubiy Koreya hukumatining Özbekistonda zamonaviy saqlaş texnologiyalari yordamida past haroratli kameralarni örnatiş loyihasi tasdiqlandi. Bu haqida Kun muxbiri Özbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmatiga tayanib, xabar beradi.
Mukammal sovutiş uskunalari Toşkentning Yuqoriçirçiq tumanidagi Agroinnovatsiya korxonasi hududida quriladi. Janubiy Koreya bu loyihani amalga oşiriş uçun 3,5 million dollar hisobida grant ajratdi.
Mazkur zamonaviy qurilmalarni yaratişdan maqsad qişloq xöjaligi mahsulotlarini uzoq muddatli saqlaşga qaratilgan bölib, bu esa öz navbatida dehqonlar, kiçik tadbirkorlik sub'yektlari va fermer xöjaliklariga yangi imkoniyatlar yaratib, zamonaviy uskunalardan foydalanişda tajriba oşirişlariga yordam beradi.
Loyihaning amalga oşirilişi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaşda sovutiş kameralaridan maqsadli foydalanişni ta'minlaş işlari Qişloq va suv xöjaligi vazirligi zimmasiga yuklatilgan.








