Toşkent viloyatida tadbirkordan pul undirmoqçi bölgan tovlamaçi ayollar qölga olindi. Bu haqda Toşkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi xabar bermoqda.
2018 yil 2 mart kuni soat 18:30 da Yuqoriçirçiq tumanida joylaşgan «Standart food sales» xususiy korxonasining rahbari, Örtaçirçiq tumanida yaşovçi S.N.ga tegişli savdo dökonida Z. Va N. ismli ayollar sun'iy ravişda janjal kötarib, savdo dökonidan harid qilingan mahsulotlar uçun xarid çeki bermaganligi hamda moddiy va ma'naviy zarar undiriş maqsadida soliq idoralariga ariza yoziş bilan körqitib, evaziga tovlamaçilik yöli bilan 10.000.000 söm miqdorida pul berişni talab qilganlar.
S.N.ning tovlamaçi ayollarga nisbatan qonuniy çora körişlikni sörab yozgan murojaati asosida tuman prokuraturasi va Toşkent viloyat IIB xodimlari tomonidan tadbir ötkazilgan. Buning natijasida Parkent tumanida yaşovçi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etgani uçun sudlangan G.R. va Toşkent şahar, Olmazor tumanida yaşovçi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uçun sudlangan N.E. talab qilingan pullardan 1.500.000 söm miqdorida pul olişga kelişib, Yuqoriçirçiq tuman davlat soliq inspeksiyasi binosi yonida uşbu pul mablağlarini S.N.dan olişgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.
Hozirda G.R. va N.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, Yuqoriçirçiq tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov olib borilmoqda.







