Toşkent viloyatining Yuqoriçirçiq tumanida jiddiy yöl-transport hodisasi röy berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, 21 mart kuni soat 13.50larda 1994 yilda tuğilgan N.S. özining “Lasetti” rusumli avtomaşinasini “Çirçiq-Yangibozor-Örtasaroy” yölining 25-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan 1986 yilda tuğilgan S.A. boşqaruvidagi “Damas” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Natijada “Damas” avtomaşinasi haydovçisi S.A. jarohat olib voqea joyida va “Lasetti” avtomaşinasi haydovçisi N.S. hamda “Damas” avtomaşinasi yölovçisi, 1972 yilda tuğilgan J.T. kasalxonaga keltirilganida halok bölgan.

Şuningdek, “Lasetti” avtomaşinasining bir yölovçisi va olti nafar “Damas” avtomaşinasi yölovçisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.