Italiya A Seriyasining sönggi tur öyinlari 28 may kuni ötkazildi va mavsum yakunlandi.

«Yuventus» bir tur avval çempionlikni qölga kiriib bölgandi. Massimiliano Allegri «Bolonya»ga qarşi oxirgi tur öyinida asosan zaxira tarkibini maydonga tuşirdi. Bellaşuvning sönggi daqiqasidagi ğalaba goli 2000 yilda tuğilgan italiyalik hujumçi Moyze Kin tomonidan urildi. U 21 asrda tuğilib, A Seriya öyinida gol urgan ilk futbolçiga aylandi.

«Roma» oxirgi tur öyinida YeÇLga töğridan-töğri yöllanmani hal qildi. Françesko Tottining xayrlaşuv uçraşuviga aylangan «Jyeona»ga qarşi bahsning oxirgi daqiqasida Diyego Perotti ğalaba golini urdi. Bu ğalaba rimliklarga ikkinçi örinni egallaşni ta'minladi. Oxirgi turda ham «Sampdoriya»ga qarşi öyinda işonçli ğalabaga erişgan «Napoli» (4:2) «Roma»dan bir oçkoga ortda qoldi va keyingi mavsumda YeÇL guruh bosqiçida öynaş uçun pley-off bosqiçida qatnaşadigan böldi.

Mavsum yakuni tarixiy voqeaga töğri keldi - Françesko Totti Rimni tark etdi. «Jyenoa»ga qarşi öyin uçun çiptalar bir kunda sotib bölindi. Muxlislar «Jyenoa» bayramni buzmasligiga umid qilişdi, yakunda işonçlar oqlandi, bir tur avval A Seriyada qoliş masalasini hal qilib bölgan «Jyenoa»ga oçko kerak emasdi va Totti jamoani ğalaba bilan tark etadigan böldi. 

«Atalanta» mavsumni kuçli törtlikda yakunladi. Beşinçi va oltinçi örinlarni egallagan «Latsio» va «Milan» klublari ham bu jamoa bilan birga Yevropa Ligasida töp suradi («Milan» saralaşda qatnaşadi). «Inter» va «Fiorentina» mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunladi. «Empoli», «Peskara» va «Palermo» oliy divizionni tark etdi.

«Krotone» sönggi turda «Latsio» ustidan qozonilgan ğalaba evaziga A Seriyada jon saqlab qolişga muvaffaq böldi. 1 aprel kuni bu jamoa 18-örinda 17-örindagi «Empoli»dan 8 oçko orda edi. Ötgan turlar davomida bu jamoa faqat «Yuventus»ga mağlub böldi va «Empoli» bilan oradagi farqni bitta oçkogaça qisqartirdi. Oxirgi turda «Empoli» öz öyinida ğalaba qozonsa, «Krotone» qanday natija qayd etişidan qat'i nazar jamoa 17-örinda qolardi. Ammo jamoa bu vazifani uddalay olmadi, ligani allaqaçon tark etib bölgan «Palermo» bu jamoani 2:1 hisobida mağlub etdi va özi bilan birga quyi divizionga olib tuşib ketdi.

Italiya A Seriyasi
38-tur öyinlari
27 may, şanba

«Bolonya» — «Yuventus» 1:2
Gollar: Safir Tayder, 52 (1:0). Paulo Dibala, 70 (1:1). Moyze Kin, 90+4 (1:2).