«Afsus, bu kun yetib keldi, bu kun heç qaçon kelmasligini istagan edim. Oxirgi vaqtlarda men haqimda aytilgan ajoyib sözlar... Hammasi uçun hammaga rahmat!
Men aqlsizday yiğladim! 25 yilni şunçaki unutib bölmaydi axir. Hozir menga aslo oson emas, hammaga minnatdorçilik bildiraman. Men rafiqam bilan bu 25 yil qanday ötgani haqida gaplaşdim...
Otamga, onamga, akamga, oilamga va döstlarimga taşakkur. Rafiqam va uç farzandimga rahmat! Sözni şundan boşlamoqçi edim, çunki gapimni oxiriga yetkaza olmayman, degan hadik bor edi.
Könglimdan ötayotgan narsalarning barçasini bir neça söz bilan izhor qilib bölmaydi. Buni şe'r yoki poema tarzida taqdim etişni istardim, ammo şe'r yozişni unçalik qoyillata olmayman. Men barçasini oyoqlarim bilan öyin orqali yetkazişga harakat qildim. Şunday, hammasi oddiy keçadi.
Bilasizmi, yoşligimda nima öynaşni sevardim? Futbolni! Hozirgaça şunday. Ammo qaçonlardir ulğayişing kerak. Menga bu haqida köp gapirişdi, vaqt öz hukmini çiqarib bölganini aytişdi.
Fursat yetib keldi va yelkamdan turtib, ulğayganimni aytdi. U ertadan boşlab katta kişi bölganimni aytdi: «Şortik va butsangni yeç, — dedi. — Endi katta erkaksan, maydon çimini hidlaş, adrenalin va bayramlarni nişonlaşdagi xursandçiliklarni bas qil».
Sönggi oylarda öz-özimga savol berdim: nega bu tuşdan uyğonişim kerak? Bilasizmi, yoşligingizda şirin tuş körasiz va sizni onangiz uyğotadi va siz maktabga borişingiz kerak. Öşa tuşga yana qaytging keladi, ammo heç qaçon qaytib bölmaydi.
Şu vaqt davomida intervyu bermaganim uçun va niyatlarimni bölişmaganim uçun meni keçiring. Çiroqni öçiriş oson bölmadi. Endi men qörqyapman. Şuning uçun yengil qörquvni his qilişimga imkon bering. Hozir sizning kömagingizga muhtojman.
Hozir jamoadaoşlarim, murabbiylarim, klub rahbariyati va işqibozlarga taşakkur aytişning ayni vaqti. Hayotimning 28 yilini «Roma»ga baxşida etganimdan juda baxtiyorman va bundan faxrlanaman. Sizlarni sevaman!» — deydi Totti xayrlaşuv nutqida.








