Italiya «A» Seriyasining sönggi, 38-turi doirasida «Roma» öz maydonida — Rimdagi muhtaşam «Olimpiko» stadionida «Jyenoa»ni qabul qildi va 3:2 hisobida ğalaba qozondi. Uşbu ğalaba çempionat yakuni böyiça «Roma»ga ikkinçi örinni taqdim etdi va «jallorossi» kelgusi mavsumda Yevropa çempionlar Ligasini guruh bosqiçidan boşlaydi.
Uçraşuvda eng esda qolarli jihat «Roma»ning YeÇLning töğridan-töğri yöllanmasini qölga kiritgani emas, uning «abadiy» sardori Françesko Tottining 54-daqiqada Muhammad Salohning örniga maydonga tuşirilişi böldi.
Bu 41 yoşga yaqinlaşayotgan Françesko Tottining «Roma» safidagi sönggi uçraşuvi edi.
Keling, bu buyuk futbolçi haqida balandparvoz maqtovlardan köra, biroz quruq statistikaga murojaat qilsak.
Françesko Totti «Roma» tarkibida:
25 mavsum;
786 öyin ötkazdi.
307 ta gol muallifi böldi. Ularning 250 tasi «A» Seriyada kiritilgan
197 ta golga assistentlik qildi.
1 klub.
Tottining sönggi öyini oldidan Rimning «IL TEMPO» gazetasi 73 yillik tarixida birinçi marta nomini özgartirdi — «IL TEMPO DI TOTTI» deb.

«Roma»ning sönggi öyindagi raqibi «Jyenoa» ham Tottiga bağişlangan esdalik liboslari çiqardi.

Roma ham öyinda maxsus libosda harakat qildi
Rimdagi jamoat transportlarida «Taşakkur, kapitan» deb yozilgan edi.

Stadionga barça muxlislar 10 raqami tuşirilgan futbolkalarda kelişdi






















