27 may kuni ötkazilgan Senat yalpi majlisida senatorlar Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari çegaralarini özgartiriş töğrisidagi masalani körib çiqişdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bergan.
Şuningdek, senatorlar Xorazm viloyatining Xiva şahri va Xiva tumanining çegaralarini özgartiriş hamda Xiva şahrini viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga kiritiş töğrisidagi, Şahrisabz şahrini viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga kiritiş töğrisidagi masalalarni körib çiqişgan.
Ta'kidlanişiça, mamlakat hukumati tomonidan kiritilgan uşbu takliflarning ma'qullanişi Jizzax, Qaşqadaryo va Xorazm viloyatlarining ma'muriy-hududiy tuzilişini, hududlar batartib joylaşişini va ularni boşqariş samaradorligini takomillaştirişga, mahalliy aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga kömaklaşadi, turizm sohasining yanada ildam rivojlanişiga turtki beradi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 16 maydagi yiğilişida Xiva va Şahrisabz viloyatga böysunuvçi şaharlarga aylantiriş haqidagi qaror qabul qilingandi.
Zomin tumani Parkent, Böstonliq tumanlari singari paxta va ğalla yetiştirmaydigan hududga aylanişi kutilmoqda. Taxminlarga köra, tumanning 20 ming gektardan ortiq paxta va ğalla maydonlari Zarbdor tumaniga ötkaziladi.









