Italiyalik mutaxassis Roberto Mançini «Zenit»ni boşqaradi. Bu haqda piterliklar klubining rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Uşbu 52 yoşli mutaxassis 28 may kuni iste'foga çiqarilgan Mirçu Luçesku örnida iş boşlaydi.
U bilan 3 yillik şartnoma tuzilgan va bu şartnoma keyinroq yana ikki yilga uzaytirilişi mumkin.
«Zenit» Roberto Mançiniga Peterburgda muvaffaqiyat tilaydi! Benvenuto, Roberto Mancini!», — deyilgan xabarda.
Xabar qilinişiça, Mançini va uning ştabi «Zenit»da yiliga 7-7,5 million yevro maoş oladi.
Ma'lumot uçun, Mançining sönggi jamoasi Italiyaning «Inter» klubi bölgandi. Ötgan yilning avgustida milanliklar Mançinini iste'foga çiqargandi. Unga qadar uşbu mutaxassis turli yillarda «Fiorentina», «Latsio», «Mançester Siti» va «Galatasaroy» jamoalarida işlagan va 3 marta Italiya çempioni, 4 marta Italiya Kubogi sohibi, bir marta Italiya Superkubogi ğolibi, ikki marta Angliya çempionligi, ikki martadan Kubok va Superkubok egasi hamda bir marta Turkiya Kubogi egasi bölgan.












