Bilasizmi, futbol texnikasidan taşqari, ikki muhim jihat bor: motivatsiya (çoğlaniş) va sovuqqonlik. Jamoa öyinida va közlangan maqsadga erişişda bu ikki holat ham juda muhim va ularning öz örni bor.
Michael Regan / Reuters / Scanpix / LETAMichael Regan / Reuters / Scanpix / LETA
Masalan, maşğulotlarda futbolçilar maksimal darajada sovuqqon bölişadi, şuning uçun ular aynan maşğulotlarda heç qaçon maydonda qila olmaydigan harakatlarni amalga oşirişlari mumkin. Ba'zida futbolçilarning maşğulotlarda ajoyib zarba ijro etganini köramizki, xuddi şuni u öyin paytida amalga oşira olişmaydi. Agar oşirsa, oğzimizni kattaroq oçamiz, aslida xuddi şunday gollar maşğulotlarga önlab urilişi mumkinligini bilsak-da. Sababi, sovuqqonlik futbolçiga öz mahoratini işga solişi uçun kerak bölgan juda kerakli xislat, muhim öyin paytida sovuqqonlikni maksimal darajaga çiqara oliş deyarli imkonsiz.
Lekin öyin paytida futbolçi maşğulotlarda u heç qaçon ega bölmaydigan boşqa jihatga – motivatsiyaga ega böladi. Uning aslidan köproq, tezroq yugurişi, özida yöq bölgan kuçni topa olişi, ba'zida jismoniy imkoniyatlaridan balandroq nimanidir namoyiş qila olişi aynan motivatsiyaga boğliq. U heç qaçon maşğulotlarda öyindagi kabi motivatsiyaga ega bölmaydi.
Öta yuqori motivatsiya sovuqqonlikni pasaytiradi, sovuqqon böliş uçun esa, motivatsiyani haddan taşqari oşirib yubormaslik kerak. Har ikkisi ham zarur, motivatsiyasiz murabbiy şogirdlarini köproq harakat qilişga, mehnat qilişga çoğlay olmaydi, sovuqqonliksiz esa, kerakli taktikani quriş, futbolçilar körsatmalarni bajarişi va kerak bölganda vaziyatlardan foydalanişi qiyinlaşib ketadi. Bu göyoki bir-biriga zid bölgan ikki faktor doimiy ravişda kuraşadi va futbolda murabbiy oldida turadigan eng asosiy vazifalardan biri aynan mana şu jabhada muvozanat vujudga keltirişdir.
Endi bir qiziq mulohaza, e'tibor berganmisiz, qaçon motivatsiya boş planga çiqadi-yu, qaçon sovuqqonlik juda zarur? Eslang, aynan murabbiy motivator tomonidan amalga oşirilgan ajoyib nutq bilan erişilgan afsonaviy ğalabalar qaçon sodir bölgandi? Misol uçun, «Yunayted»ning «Bavariya» ustidan öşa ğalabasi – «yigitlar, hozir kubok sizlardan ellik metr naryoğda turibdi, lekin unga teginiş, kötariş uçun bugun bor kuçlaringni sarflamay turib, ertaga yana finalga kelişni öylab ham ötirmanglar, olğa». Fergyuson birinçi bölimdan söng yutqazayotgan şogirdlarini şunday deb maydonga boşlaydi.
Yoki Rafa Benitesning «Liverpul»i. Aytişlariça, u tanaffus paytida heç narsa demagan, şunçaki, kiyim almaştiriş xonasi oynalarini oçib qöygan. U yerdan «Liverpul» muxlislarining «You will never walk alone» qöşiği balandroq eşitila boşlagan. Mana bu - motivatsiya.
Qarangki, raqib kuçli öyin körsatayotganda, heç qanday taktika iş bermay, qanaqadir qöşimça kuç zarur bölib turganda, murabbiylar motivatsiyani birinçi planga olib çiqişar ekan. Ya'ni öşa «MYu» ham, öşa «Liverpul» ham aslida, har tomonlama «Bavariya» va «Milan»dan kuçsiz öyin körsatayotgandi, murabbiylar nimaning hisobiga öyinda buriliş yasaş mumkinligiga aqllari yetmayotgandi ham balkim.
Mavzuga oid
Sovuqqonlik esa, afsonaviy ğalabalarda eslanmaydi. Çunki, öşa öyinlarda kuçliroq jamoa ğalaba qozongan, hammasi öz holiça tugagan böladi. Jamoa özidan kuçsizroq bölgan yoki teng bölgan jamoaga qarşi töğri taktika, yaxşi reja va vaziyatlardan unumli foydalaniş yordamida ğalaba qozonadi. Bu yerda esa, sovuqqonlik eng zarur faktorga aylanadi, murabbiylar ortiqça gaplardan tiyilib, imkon qadar şogirdlariga futbolni, raqibni, ustunlik va kamçiliklarni, maydondagi vazifalarni tuşuntirişga harakat qiladi. Futbolçining miyasi aynan futbol bilan töla bölişi muhim.
2009 yildagi YeÇL finali oldidan, Pep futbolçilarga video qöyib beradi. Pep va Tito finalgaça bosib ötgan yöl haqida video tayyorlaşgan ekan. Lavhalarda çiroyli gollar, qiyin holatlar va «Gladiator» filmi musiqasi bor edi.
«Boss juda hissiyotga beriluvçan edi. U uzoq vaqt videoni tayyorladi va bizni içkariga kiritmay turdi. Biz filmni körib yiğlab ham yubordik, keyin Andre Boçelli Çempionlar Ligasi gimnini kuylayotganda, yanayam badtar böldi ahvolimiz. «Mançester Yunayted» futbolçilari bizga nima bölganini tuşunmay, hayron bölişgandi», – deb eslaydi Viktor Valdes.
Manel Estiarte, tarixdagi eng kuçli vaterpolistlardan biri, Gvardiolaning yordamçisi esa, şunday deydi: «Agar video futbolçilarning motivatsiyasini oşiriş uçun tayyorlangan bölsa – bu juda notöğri qaror bölgan. Futbolçilar ğalati bölib qolişgan, agar ilk 10 daqiqada Valdes bizni qutqarmaganda, uçta gol ötkazib yuborardik».
Işonamanki, Joze Mourino 2010 yilgi Yevropa Çempionlar Ligasida «Barselona»ga qarşi javob öyini oldidan köp vaqtini şogirdlarining motivatsiyasini oşirişga sarflagan, lekin finalda, «Bavariya» bilan öyinda esa, aksinça, sovuqqonlikni oşiriş, xotirjamlik haqida gapirgan, reja asosida harakat qilinsa, ğalaba «Inter» qölida ekanini işontirişga uringan. Sababi, «Barselona» kuçli edi, ularni şunçaki, taktika bilan yutib bölmasdi, Joze baqirgan, tentaklik qilgan, futbolçilarni jangga, ölimga ketayotgandek tayyorlagan, şu öyindan keyin boşqa hayot yöqligiga işontirgan. Finaldagi «Bavariya» esa «Inter»dan kuçsiz bölgan, Mourino şogirdlari ortiqça hayajon va bosimga berilib ketişidan qörqqan, baqirmagan, yiğlamagan, özini sovuqqon tutib, bu kayfiyatni şogirdlariga yuqtirmoqçi bölgan. Har ikki öyinda ham hal qiluvçi omil mana şu yerda edi, menimça.
Tan oliş kerak, Mançini taktik daho emas, uning şogirdlari esa, raqibdan bir boş kuçli emasdilar. Ya'ni Angliya tarkib salohiyati, imkoniyati borasida Italiyadan yetarliça ustun edi. Angliyadan talab qilinadigani, xuddi Germaniya bilan öyin kabi, öz kuçiga işongan holda, sovuqqonlik bilan belgilangan vazifani bajariş edi. Bilasizmi, nima xalaqit qildi?
Haddan ortiq motivatsiya. Angliya, nafaqat murabbiy yoki futbolçilar, balki butun Angliya ğalabani oldindan nişonlab yubordi. Öyindan oldingi şiorlar, «futbol uyga qaytmoqda» qabilidagi baland sözlar, qiroliçaning Sautgeytga xatidan tortib, kimlarga «Ser» unvonini beriş kerakligi haqida mulohazalar. Italiya matbuotini öqimadim-u, Angliyada hatto, «mabodo bugun çempion bölib, keçasi bilan bayram qilinsa, ertaga – duşanba iş kunini yarim kun keç boşlaş, boğçalarga ta'til beriş» haqida ham mavzular kötarildi. 55 yilda finalga qaytiş, «Uembli» finali, yutsa böladigan raqib, hamma hammasi Angliyaning uzoq kutilgan ğalabasi uçun tayyorlab qöyilgan edi.
Hisobni Şou familiyali futbolçi oçgani ham qiziq – şou boşlanişimi bu? Nazarimda, ingliz futbolçilari öynaşda davom etiş, murabbiy körsatmalari asosida reja böyiça davom etiş örniga, öyindan keyingi bayramni kuta boşlaşdi göyo. Axir şunça gap, şunday muhit, kim ham buzardi... Ajoyib hikoyaga dekoratsiya vazifasini ötayotgan jarangdor Italiyami? Şouning golidan keyingi 132 daqiqada Angliya atigi bir marotaba raqib darvozasiga aniq zarba berdi. Bir martagina. Jiddiy fakt.
Yaqindagina V Seriyalarda öynab yurgan Mançini şogirdlari oldida bölajak ingliz yulduzlari ança bosim ostida qolişganini seziş qiyin emasdi. Mabodo Angliya yutqazsa, degan savol qöyilmadi ham. Buning ustiga Sautgeyt yöq joydan qöşimça muammolar yaratib olgani ham qiziq. Masalan, penalti tepgan beşlikni olaylik. Sanço ham, Reşford ham, hatto Saka ham murabbiyning asosiy tanlovi emasdi turnirda. Finalgaça deyarli heç narsa qilmagan Sanço yoki Reşford faqat penalti tepiş uçun tuşirilişi şundoq ham mavjud bölgan bosimni bir neça barobarga oşirib yubormaydimi? Ursang, mayli, bekorga kelmagan bölasan, ura olmasang, asosiy antiqahramon sensan – bu şartlarda yoş futbolçilar maşğulotlardagidek sovuqqon böla oladilarmi? Aytaylik, finalda gol urgan Şou yoki Angliyani guruhdan olib çiqqan Sterlingda bosim kamroq bölar, penalti urilmagan holatda ham, turnirdagi avvalgi xizmatlar tufayli, sal yengilroq qabul qilinmasmidi? Endi Reşford yoki Sanço kabi futbolçilarning milliy jamoaning tölaqonli a'zosiga aylanişlari oson keçmaydi, ular turli irqçilik haqoratlaridan qutulişlari uçun qandaydir qahramonliklar qilişga majbur bölib qoldilar. Menimça, Sautgeytning yana bir notöğri qarori.
Umuman olganda, ortiqça bosim va motivatsiya ingliz futbolçilardagi sovuqqonlikni pasaytirib, mahoratda pand berganini e'tirof etiş kerak. Finalda heç qaysi futbolçi öz darajasidagi öyinni namoyiş qila olmadi, masalan. Bunga endi, salkam ikki yillik tanaffusdan söng futbolçilar ilk bor töliq stadionlarda futbol öynaşni boşlaşganini ham qöşing.
Bu qaysidir ma'noda, 2014 yildagi «Liverpul»ni eslatib yubordi. Liverpulliklar mavsumdagi sönggi jiddiy raqib «Çelsi»ni mağlub etişsa, uzoq kutilgan çempionlik uçun juda yaqin kelişardi. Öyin yakşanba kuniga belgilangan, «Çelsi»ni esa, ikki kun ötib, YeÇL yarimfinalida «Atletiko» kutardi. Londonliklar avvaliga öyinni bir kun oldinga surişga harakat qilişdi, APL ruxsat bermadi. Çempionatda oçko zarur bölmagan Mourino majburan «Liverpul»ga qarşi öyinda asosiy futbolçilarga dam berdi. Aslida «Liverpul»ning imkoniyatlarini oşirib yuborişi kerak bölgan bu omil teskariga işlab ketdi. Birinçidan, kuçsizlangan «Çelsi» mezbonlarga ğalabani oldindan nişonlaşga şaroit yaratayotgandek tasavvur uyğotardi, Mourino esa, bu holatdan şogirdlariga motivatsiya beriş uçun foydalandi: «Ular bizni öz bayramlaridagi masxarabozga aylantirişmoqçi. Nahotki bunga yöl qöyamiz?» dedi u şogirdlariga.
Natija ma'lum, heç qanday bosimsiz, bemalol öynagan «Çelsi» 2:0 hisobida ğalaba qozondi va «Liverpul»ning çempionligi 6 yilga keçikdi.
Aytişlariça, 1950 yilgi jahon çempionatida Braziliya xuddi şunday holatga tuşgan ekan. Hammasi bayramona tayyorlangan, Urugvayga qarşi sönggi final uçraşuvi göyoki çempionlik oldidan ötadigan rasmiyatçilikka öxşab qolgan ekan. Mahalliy matbuot tun-u kun Braziliya futbolçilari qahramonliklari haqida yozib, turnirning eng yaxşi öyinçisi sifatida kim tanlanişi, ertasiga qayerlarda tadbirlar uyuştiriş-u, neça kun bayram qilişgaça yozib taşlaşgan.
Hatto öyin kuni mahalliy «O Mundo» gazetasi Braziliya milliy jamoasi rasmini berib, tagiga «Jahon çempionlari» deb yozib ham qöyadi. Öşanda Urugvay sardori Obdulio Varela öşa gazetadan 20ta toptiradi va yeçiniş xonasiga olib keladi va «afsus, siz yutqazdingiz» deb har bir şerigiga tarqatib çiqadi. Söng öz xonasidagi unitazga gazetani taşlab, hojatini çiqaradi, suvni oqizib yuboradi. Şeriklariga ham şunday qilişni aytadi. Natija ma'lum – öşa öyinda durang ham qoniqtiradigan Braziliya ğalabani qölga çiqarib, 1:2 hisobida mağlubiyatga uçraydi.
Roberto Mançini birinçi bölimdan keyingi tanaffusda qaysi gazetani yirtganini bilmayman, şogirdlarini qaysi yöl bilan çoğlantirganini ham. Lekin qoyil, Italiya öyinda buriliş yasadi, futbol qaçon tugaşini yana bir bor butun Yevropaga bildirib qöydi.
Orkestr ham, töyxona ham, artistlar ham, hammasi inglizlardan. Raqsga esa, italiyaliklar tuşişdi.