Yevropa çempionatining yakunlovçi öyini boşlanişiga bir neça soat vaqt qoldi. Uzoq kutilgan final qanday keçadi? Öyin taqdiri maydonning qaysi uçastkalarida hal böladi?

Öyin qarama-qarşi kurslarda keçişi ham mumkin, ammo buning ehtimoli kam
Yevroning hal qiluvçi öyinining taktik sxemasi bir tomondan oçiq finalga umid uyğotadi: maydon markazida Nikolo Barella — Jorjino — Marko Verratti uçligi turnir davomidagi Ispaniyaga qarşi öyindan taşqari barça öyinlarda öyin tempini belgilab berdi. Inglizlar öyin uslubi esa butun öyin davomida intensiv ravişda yuqori pressing bilan öynaşni nazarda tutmaydi (Garet Sautgeyt jamoasi faqat ilk 10-15 daqiqalikda agressiv bosim uyuştiradi), şunday ekan, katta ehtimol bilan töp nazorati Italiyada böladi. Öz navbatida, qanotlarda inglizlar xavfliroq bölişadi — çap qanotda Lyuk Şou va Rahim Sterling boğlami Jovanni Di Lorensoni qiynab qöyişi tayin, öng qanotda esa Bukayo Saka/Jyeydon Sanço/Fil Fodenlardan istalgan biri hujum qilayotganda Emerson qarşi turişi qiyin böladi.

Ammo bu final. Angliya 55 yildan buyon sovrin yutmagan, ammo italyanlar ham bir neça yil muqaddam butkul inqirozga uçragandek edi. Bu esa yana bir fikrni tuğdiradi: heç kim ortiqça tavakkalçilik qilmaydi va jarayonni boşqarişga urinmaydi. Butun turnir davomida Sautgeytning şunday yondaşuviga guvoh böldik, ammo adzurri ham raqibga qarab moslaşişi, faol qarşilik bölmaganida öyin tempini pasaytirib, töpni özida olib yurişini kördik.

Şunday ekan, oldinda muxlislarni yopiq öyin kutmoqda, jamoalar imkon qadar xato qilmaslikka va kamdan kam imkoniyatlardan maksimum natija çiqarişga intilişadi. Futbolçilar robotlar emas va kimdir qaysidir vaziyatda raqibdan biroz tezroq, ayyorroq, çaqqonroq harakat qiladi. Kimdir bir neça lahzada böşliq va vaqtga ega bölib, epizodni öz foydasiga hal qilişi mumkin.

Yevroning eng yaxşi dribleri zaxira himoyaçisiga qarşi
Angliyaliklar hujumining çap qanotida Sterlingga Di Lorenso qarşilik körsatadi. Uşbu italyan guruh bosqiçida Alessandro Florensi jarohat olgani tufayli asosiy tarkibga kirib qolgandi. Uning birga bir vaziyatlarda qançalik böş öyin körsatişi çorakfinalda Belgiyaga qarşi keçgan öyinda körinib qolgandi. Öşanda «qizil iblislar»ning 19 yoşli vingeri Jyeremi Doku 13 urinişdan töqqiztasida raqibni aldab ötgan, bu harakatlardan biri penalti belgilanişiga olib kelgandi.

Sterling — esa Yevrodagi eng kuçli dribler. U turnir boşidan buyon raqiblarni 18 marta muvaffaqiyatli aldab ötgan. Öyin davomida u öng qanotga köçişi va Emerson oldinroqqa çiqib ketişidan foydalanişi mumkin. Ispaniyaga qarşi öyinda «Çelsi»da zaxira futbolçisi sifatida ötiradigan Emerson köp vaziyatlarda Mikel Oyyarsabalga yeta olmagan, agar ispaniyalikning omadi kelganida bir neça gol urişi mumkin bölgan edi.