«Niqob» va «Trumen tomoşasi» filmlari qahramoni Jim Kerri dugonasining ölimida ayblanib, sud oldida javob beradi. Çunki, sud mahkamasi marhuma qarindoşlarining arizani e'tiborsiz qoldiriş sörovini rad etdi. 

30 yoşli asli irlandiyalik Ketriona Uayt Los Anjyelesda yaşab, vizajist sifatida işlar edi. 2015 yil sentabr oyida uning öz uyida jasadi topildi. Maxsus örganişlar natijasida aniqlanişiça, ayol retsept böyiça beriladigan dorilardan köp içib vafot etgan. Uaytning ölimi rasman öz joniga qasd qiliş deb tan olingan. 

Uaytning onasi Brigid Suitman hamda marhuma bilan birga yaşamaydigan turmuş örtoği Mark Byorton 55 yoşli aktyorni sudga berib, Jim Kerrini Uayt uçun dorilarni xarid qilib berganlikda ayblaşdi. Los Anjyeles oliy sudi hakami esa, Kerrining advokati Reymond Bauçerning uşbu ayblovlarga «vahşiyona» va «yomon» deb ta'rif berganiga qaramay, sud işini töxtatmaslikka qaror qildi. 

Sudya Deyrdre Hill jarayon boşlanişini 2018 yil 26 aprelga belgiladi. Sud tortişuvlari 20 kunlar davom etişi taxmin qilinmoqda. Sud eşituvlaridan söng, jurnalistlarga fikrini bildirgan advokatga köra, sud jarayoni aktyor uçun juda oğriqli böladi, çunki Jim Uayt xonimni juda yaxşi körgan. 

Byortonning aktyorga nisbatan ötgan yili bergan arizasida ta'kidlanişiça, «Kerri körsatilgan dorilarni noqonuniy tarzda olgan va şu bilan Kaliforniya ştati qonunçiligini ham buzgan». Bundan taşqari, aktyor «Uayt xonimning bevaqt fojiali ölimida javobgarligini va iştirokini yaşirişga uringan». 

Kerrining özi har qanday ayblovlarni inkor etmoqda. Uning, öziga nisbatan şunday ariza topşirilganini bilgaç, matbuot uçun bergan bayonotida şunday deyiladi:

«Qanday dahşatli şarmandalik. ... Men şu odamning advokati bilan bu masalani juda osonlik bilan yuzma-yuz gaplaşib butunlay hal qilişim mumkin edi. Biroq, hayotda şunday holatlar böladiki, dunyoning yovuzliklariga qarşi kuraşiş va öz obröyingni himoya qilişing kerak böladi. Men, meni va men yoqtirgan ayoldan öz maqsadlarida foydalanişlarini şunday, jazosiz qoldirmoqçi emasman. Ket muammosi bizning uçraşuvimizdan ança avval boşlangan edi va uning şu tarzda fojiali tugaşini heç kim ayta olmasdi. Umid qilamanki, qaçonlardir odamlar uni tinç qöyişadi».