Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida”gi qaroriga muvofiq barça joylarda şinam turar joylar bunyod etilmoqda. 

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari Böz tumani “Çorvador” mahalla fuqarolar yiğini hududida qurilgan ana şunday uylarni borib kördi. Akmal va Zilolaxon Rahmonovlar xonadonida bölib, bu yerda yaratilgan şaroitlar, oilaning turmuşi, farzandlar tarbiyasi bilan qiziqdi. 

Uşbu mahallada maydoni 2 sotixli, uç xonali 10 zamonaviy uy bunyod etilgan. Ularda yotoqxona, mehmonxona, oşxona, xöjalik binolari mavjud. Uylar tabiiy gaz, toza içimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta'minlangan. 

Şavkat Mirziyoyev bunday turar joylarni köproq qurib, odamlarga munosib şaroitlar yaratiş doimo e'tiborda bölmoği zarurligini ta'kidladi. Mutasaddilarga uy-joylarni aholi va zamon talablari asosida loyihalaştiriş va bunyod etiş yuzasidan tavsiyalar berdi.