Apple rahbari Tim Kuk uning kompaniyasi Londondagi teraktni tergov qilişda Buyuk Britaniya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini ma'lum qildi. 

Kukning aytişiça, korporatsiya öz qurilmalaridagi ma'lumotlarni Britaniya hukumatiga taqdim qilmoqda. Kukning ta'kidlaşiça, Apple agar hukumat qonunda közda tutilgan barça jarayonlarga rioya qilgan bölsagina, politsiyaçilarga zarur ma'lumotlarni bermoqda.

"Men bunga taalluqli tafsilotlarni oşkor qilolmayman. Biroq bizda ma'lumotlar bölganda va Britaniya hukumati qonunda belgilangan barça jarayonlarni ötgan bölsa, biz nafaqat ma'lumotni taqdim qilmoqdamiz, balki buni juda tez amalga oşirmoqdamiz", deb aytdi Kuk Bloomberg axborot agentligi. 

Londondagi terakt 3 iyun kuni keçki vaqt sodir etilgan. Terakt oqibatida 7 kişi halok bölgan, 50 ga yaqin kişi jarohat olgan.