Janubiy Koreyaning Kia avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ixçam krossoveri — Stonic tizerlarini namoyiş qildi. Ğarbiy Yevropa bozori uçun möljallangan model 2017 yil ikkinçi yarmida bozorga çiqariladi. 

Kia kompaniyasida izoh berişlariça, yangi maşina nomi ikkita sözdan: Speedy («tez») va Tonic («tonika» — musiqada asosiy tovuş) sözlaridan taşkil topgan. U krossoverning dinamiklik xususiyatini qayd etadi hamda «B-SUV oilasiga qandaydir yangiça havo olib kiradi».

Foto:  motor.ru

Norasmiy ma'lumotlarga köra, modelga 2017 yil 13 iyun kuni taqdimoti kutilayotgan Hyundai Kona asos bölgan. Ehtimol, ikkala krossover ham 1,4-1,6 l benzinli motor va 1,6 l dizel motor bilan taklif qilinsa kerak. Hozirça, modellar qatorida barça ğildiraklari yetakçi avtomobillar paydo böladimi-yöqmi, noma'lum.

Foto:  motor.ru

E'lon qilingan suratlarga köra, unda modelning seriyaoldi namunasi aks etgan. 

Hozirça, Kia Stonic qaçon rasman taqdim etilişi ham ma'lum emas.

Foto:  motor.ru