Joriy yilning 5 iyunida Jyeneva şahrida Xalqaro mehnat konferensiyasining (XMK) 106-sessiyasi öz işini boşladi. Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda boş vazir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi T.Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Şayxov va Kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi örinbosari B.Mahmadaliyevlardan iborat Özbekiston delegatsiyasi iştirok etmoqda.
Sessiya doirasida Özbekiston delegatsiyasi Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Mintaqaviy byurosi direktori Xaynts Kyoller, XMT boş direktori maslahatçisi Kari Tapiola va mehnatkaşlar faoliyati böyiça byuro direktori Mari Andre bilan uçraşuv ötkazdi.
XMT vakillari Özbekistonda munosib mehnat böyiça Davlat dasturini amalga oşirilişi, xalqaro standartlarga muvofiq mehnat normalarini tadbiq etilişi, XMTning ekspert-texnik kömagi yordamida monitoring olib boriş va hamkorlikda qişloq xöjaligida mehnat şaroitlarini örganiş sohasida olib borilayotgan işlarga yuqori baho berişdi.
2017 – 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning Harakatlar strategiyasida ijtimoiy soha beşta ustuvor yönalişlardan biri sifatida qabul qilinganligi, bu esa XMTning eng muhim prinsip va maqsadlari bilan hamohang ekanligi alohida qayd etildi.
Xalqaro taşkilot vakillari Özbekistonning XMT konvensiyalari va tavsiyalarini şuningdek, respublikaning XMT bilan hamkorlik mexanizmlarini hayotga tadbiq etişi taşkilotga a'zo boşqa mamlakatlar uçun namuna bölişi, qolaversa, Özbekistondagi ijtimoiy hamkorlarning muvofaqqiyatli uç tomonlama aloqalarini turli xalqaro maydonlarda va xalqaro tadbirlarning minbarlarida namuna sifatida namoyiş qiliş lozimligini bildirişdi.
Huquqiy asoslarni yanada takomillaştiriş, aholi, xususan xotin-qizlar bandligi şuningdek, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoyasiga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikni kengayştiriş yuzasidan bildirilgan fikrlarga rozilik bildirildi.
Hamkorlikning hozirgi ijobiy rivojlaniş sur'atini kelgusida ham qöllab-quvvatlaş hamda XMT konvensiyalarini amalga oşirişning aniq çoralarini davom ettiriş böyiça kelişuvga erişişdi.









