Tadbirda XMTga a’zo 177 davlatdan hukumatlar, iş beruvçilar va işçilar taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida mehnat va bandlik sohasidagi jahon tendensiyalari, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş böyiça strategik maqsadlar muhokama qilindi, ijtimoiy himoyani yaxşilaş va mehnatni munosib rağbatlantiriş böyiça tavsiyalar körib çiqildi.
Xalqaro mehnat konferensiyasi yalpi majlisida Özbekiston vakillari öz ma’ruzalari bilan qatnaşib, aholi bandligini oşiriş, munosib iş örinlari yaratiş va işçilar ijtimoiy himoyasini ta’minlaş böyiça mamlakatimiz tajribasi bilan taniştirdi.

Xususan, vazir Nozim Husanov öz nutqida davlatimiz rahbari siyosiy irodasi va qöllab-quvvatlaşi hamda islohotlarning samarali amalga oşirilişi natijasida mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga töliq barham berilganini alohida ta’kidladi. Vazirning sözlariga köra, Xalqaro mehnat taşkiloti bilan ham faol hamkorlik yölga qöyilgan bölib, u Özbekiston mehnat bozorini rivojlantiriş va munosib mehnat tamoyillarini joriy etiş sohasida uşbu islohotlarni amalga oşirişda Özbekistonga kömak körsatgan.
Şuningdek, vazir N.Husanov butun jahon hamjamiyatiga xalqaro mehnat standartlarini joriy etiş, işsizlarni kasbga öqitişni taşkil etiş, xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasini rağbatlantiriş böyiça Özbekiston tajribasini taqdim etdi. Şu jumladan, inklyuziv mehnat bozorini şakllantiriş, munosib mehnatni ta’minlaş, mehnat huquqlarini himoya qiliş, ijtimoiy muloqotni takomillaştiriş, bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy himoya qiliş kabi sohalarda Xalqaro mehnat taşkiloti bilan hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelgusi rejalar e’lon qilindi.
Özbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat taşkilotining amaldagi Boş direktori Gay Rayder va yangi saylangan Boş direktori Jilber Ungbo bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Gay Rayder bilan uçraşuvda Özbekistonda majburiy va bolalar mehnatiga barham beriş sohasida erişilgan yutuqlar natijalari muhokama qilindi. Xalqaro mehnat taşkiloti Boş direktori mamlakatimiz rahbari boşçiligida mehnat huquqlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan tub islohotlar samaradorligini yuqori baholadi hamda Xalqaro mehnat taşkiloti munosib bandlik va ijtimoiy himoya tamoyillarini ilgari suriş böyiça hukumat taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ta’kidladi.
Şu bilan birga, ötkazilgan uçraşuvlar yakunida 2021-2025 yillarga möljallangan Özbekistonda munosib mehnat böyiça mamlakat dasturini amalga oşiriş, mehnat sohasi ekspertlari malakasini oşiriş, şuningdek, “Mehnatni muhofaza qiliş va mehnat gigiyenasi hamda işlab çiqariş muhiti töğrisida”gi 155 sonli va “Mehnatni muhofaza qiliş xizmatlari töğrisida”gi 161 sonli konvensiyalarini ratifikatsiya qilişda XMTning texnik kömagini jalb qiliş böyiça kelşuvlarga erişildi.








