Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jokovich «Rolan Garros» chorak finalida yutqazdi, Nadal yarim finalga chiqdi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Fransiya Ochiq chempionati chorak finalida Avstriya vakili Dominik Timga 6:7 (5:7), 3:6, 0:6 hisoblarida yutqazdi va turnirni tark etdi. O‘tgan yilgi «Rolan Garros» chempioni endilikda ATP reytingida ikkinchi o‘rindan ham tushib ketdi va u top-2ni 2011 yilning iyulidan buyon birinchi marta tark etmoqda.
Agar shveysariyalik Sten Vavrinka Fransiyaning qumli kortlarida davom etayotgan turnir finaliga qadar yetib borsa, Novak to‘rtinchi o‘ringa ham tushib ketishi mumkin. Yangi reytingda uning ochkolari soni 5805 ochko bo‘ladi, bu uning 2007 yil iyunidan buyon eng quyi ko‘rsatkichidir.
Turnir favoriti, ispaniyalik Rafael Nadal esa chorak finalni vatandoshi Pablo Karreno-Bustaga qarshi o‘tkazib, 6:2, 2:0 hisoblarida (raqib jarohat tufayli o‘yinni yakunlay olmadi) ustun keldi. U endi Parijdagi turnir yarim finalida 2014 yildan buyon ilk marta o‘ynaydi.
Kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan chorak finaldagi yana ikki bahsda, jahonning birinchi raketkasi Endi Marrey yaponiyalik Kei Nisikoriga, Sten Vavrinka esa xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqadi.
22 may kuni boshlangan, 11 iyunga qadar davom etadigan turnirning mukofot jamg‘armasi 36 million yevroni tashkil etadi. «Katta dubulg‘a» turkumidagi ushbu turnir ochiq grunt kortlarda o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda garovga olinganlarning yaqinlari HAMAS bilan kelishuvni talab qilmoqda
Jahon | 07:43
-
Mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
O‘zbekiston | 07:40
-
International Baccalaureate jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb topildi
Jahon | 07:39
-
Bojxona organlari xizmatlari tariflari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 07:31
Mavzuga oid

12:28 / 05.08.2024
Olimpiadaning 9-kuni. Jokovichning ko‘z yoshlari va yuz metrga yugurishda fotofinish

20:50 / 04.08.2024
Parij-2024. Jokovich – ilk marta Olimpiada chempioni

08:38 / 11.09.2023
Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi

07:58 / 21.08.2023