Serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç ğalaba qozongan matçlar soni böyiça Uimbldon rekordini örnatdi.
Jokoviç törtinçi davrada rossiyalik Roman Safiullinni yengib 106-ğalabasini qölga kiritdi. U bugunga qadar 2019 yilda faoliyatini yakunlagan şveysariyalik Rojyer Federer bilan birinçi örinni bölişib turgandi.
Jokoviç Katta dubulğa turnirlarida yakkalik bahslarida 408ta matçda ğalabaga erişgan – bu rekord körsatkiç hisoblanadi. U Avstraliya Oçiq çempionatida ğalaba qozoniş böyiça yetakçi (104), Fransiya (103) va AQŞ (95) Oçiq çempionatlarida ikkinçi örinda bormoqda.
Uimbldon turnirlarida yakkalik bahslarida unvonlar soni böyiça sakkiz marta yakuniy ğalabaga erişgan Federer yetakçilik qilmoqda. Jokoviç va amerikalik Pit Sampras hamda britaniyalik Uilyam Renşou hisobida yettitadan ğalaba bor.
39 yoşli Jokoviç ATP reytingida 8-örinda qayd etilgan. U 2024 yilgi Olimpiada öyinlari ğolibi (2024), 2008 yilgi Olimpiadaning bronza medali sovrindori va Devis Kubogi sohibi (2010) bölgan. Jahonning birinçi raketkasi sifatida eng köp hafta (428) ötkaziş böyiça mutlaq rekord Novak Jokoviçga tegişli.

















