Hindistonlik fermer eçkisiga öz vaqtida ovqat bermagani uçun qattiq puşaymon yedi: oç qolgan eçki umumiy qiymati 62 ming rupiyni (962 dollar) taşqil qilgan 31 ta kupyurani çaynab yubordi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.   

Voqea Uttar-Pradeş ştatidagi qişloqda yaşovçi Sarveş Kumar Pal ismli fermer bilan sodir bölgan. Fermer 66 ming rupiyga ğiştli uy sotib olmoqçi bölgan va barça pulni şimi çöntagiga solib qöygan. 

Pal vannada çömilayotganda uning oç eçkisi kupyuralar bilan "tamaddi qiliş"ga qaror qilgan. Eçki bunga şunçalik berilib ketganki, 62 ming rupiylik banknotalarni çaynab yuborgan.

Eçkining bu "haşamatli tanovulidan" keyin fermerda bor-yöği 2 ta 2 ming rupiylik banknota qolgan, biroq ular ham yaroqsiz holda bölgan. Eçkining bunday şumligidan keyin taqdiri ne keçgani ma'lum qilinmagan.