Özbekiston terma jamoasi va Qatarning «Al-Jaiş» klubi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov faoliyatini Gretsiyada davom ettirişi mumkin bölgandi. Bu haqda Tribuna.Uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar xabar bergan.
Manbaga köra, Sardor Raşidovni qölga kiritiş uçun Gretsiyaning AYeK klubi da'vogar bölgan. Klub Qatar jamoasining tugatilib, boşqa jamoaga qöşib yuborilişi natijasida klubsiz qolişi mumkin bölgan özbekistonlik futbolçini öz safida körişni istagandi. Hozirça grek klubining qiziqişi qanday statusda qolmoqda.
Eslatib ötamiz, oldinroq Sardor Raşidovga Italiyaning «Kevo» klubi ham qiziqiş bildirgani haqida xabar qilingandi. Biroq Qatar klubi söragan pulni veronaliklar tölab bera olmasligini bildirib, xariddan voz keçgan.
Ma'lumot uçun, Qatarning «Al-Jaiş» va «Laxviya» jamoalari birlaştirib yuborildi. Yangi klubga «Laxviya» boş murabbiyi ustozlik qilişi hisobiga Raşidov jamoada qoliş imkoniyati past baholanayotgandi.












