«Bavariya» «Verder»dan Serj Gnabri sotib olingani haqida rasman e'lon qildi.

21 yoşli germaniyalik bu futbolçi myunxenliklar jamoasi bilan 3 yillik şartnoma tuzgan.

Bild ma'lumotiga köra, transfer qiymati 8 million yevroni taşkil etgan.

Bundan oldinroq «Verder» Gnabrini «Hoffenxaym»ga transfer qilişi haqida ma'lum qilingandi. Ammo muzokaralarga «Bavariya» qöşilgaç, bu transfer barbod bölgan.

Gnabri «Verder»ga 2016 yilning 31 avgustida «Arsenal» safida 5 million funt evaziga kelib qöşilgandi. U bundesliganing yakunlangan mavsumida 27 öyinda maydonga tuşib, 11 gol urdi va ikki golga uzatma berdi.

Gnabri Germaniya terma jamoasiga ham nomzod hisoblanadi. U Germaniya U21 tarkibida şu yilning 16-30 iyun kunlarida Polşada bölib ötadigan Yevropa çempionatida iştirok etadi.