Taassufki, aynan şu keça kunduzda fuqarolarimiz orasida birovni aldaş, işontiriş orqali uning mol-mulkini qölga kiritayotgan, “işga joylaştiraman, öqişga kiritaman, maşina yoki uy sotib olişingizda kömaklaşaman, çet elga işga yuboraman kabi va'dalar berib, işonuvçan va sodda odamlarimizning quloğiga bir zumda “lağmon ilib”, ularning jabrlanib qolişlariga sababçi bölayotgan firibgar kimsalar safi kengaymoqda.

Buxoro IIBning xabar berişiça, Ğijduvon tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan, avtomaşinalarni tuzatiş bilan şuğullanuvçi N.Imomqulov egallagan hunari ortidan topayotgan daromadiga qanoat qilmay, nafs girdobiga tuşib qolib firibgarlik jinoyatiga qöl uradi. G.Narimonova “Spark” rusumli avtomaşina sotib olganligidan söng uning yoğ-moylarini almaştiriş uçun “qöli gul” ustaning oldiga olib boradi. Hali davlat raqamiga ega bölmagan yangi avtomaşinaga çiroyliroq davlat raqami oliş kerak, albatta! Ustaxonada şu haqda gap boşlanişi bilanoq N.Imomqulov G.Narimonovaning işonçiga kiriş yöllarini qidira boşlaydi. Uning viloyat IIB YHXBda taniş “akaxon”lari borligini, ular orqali qisqa muddatda xoxlagan davlat raqamini olib berişi mumkinligini aytib işontiradi. Ular bir zumda “aka-singil kirişib” G.Narimonovaning avtomaşinasiga  “707” davlat raqamini olişga ham kelişib ulguradilar. Buning uçun oldindan “akaxon”larga davlat raqamini olişning “şapka”sini ham kelişib olgan firibgar usta 400 AQŞ dollari va G.Narimonovaning plastik kartoçkasidagi 1.746.450 söm pullarni qölga kiritadi. 

Ammo, Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida, N.Imomqulovning firibgarlik jinoyat foş etilib, uning G.Narimonovani aldab qölga kiritgan “öljasi” tegişli tartibda hujjatlaştirib olindi. Uşbu holat yuzasidan N.Imomqulovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.