Özbekiston Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisiga Rustam Anvaroviç Aminov birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot bergan.

U aprel oyida işdan olingan Sayfitdin Gafarov örnini egallagan.

Rustam Aminov bungaça rais örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Prezidentining 18 apreldagi farmoniga muvofiq Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi negizida Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi taşkil etilgan edi.

20 aprel kuni esa şu vaqtgaça Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori lavozimida işlab kelgan Ravşan Ğulomov yangi taşkil etilgan davlat qömitasi raisi etib tayinlandi.