AQŞ prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga AQŞ qurolli kuçlarining Afğonistondagi qöşinlari sonini özgartiriş vakolatini berdi. Bu haqda 13 iyunda Oq uy ma'muriyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.    

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, ayni vaqtda qöşinlar sonini özgartirişga qaror qilinmagan. Hozir Afğonistonda 8,4 ming amerikalik harbiy joylaştirilgan. Tramp şunga öxşaş qarorni Iroq va Suriyadagi qöşinlarga nisbatan aprelda qabul qilgandi.  

Pentagon bu masala yuzasidan izoh bermadi.

May oyi örtalarida AQŞ kongressida mudofaa vazirligining razvedka boşqarmasi direktori, general-leytenant Vinsent Styuart AQŞ va NATO Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça strategiyasini özgartirişi zarurligini aytgandi. "Biz avvalgiga nisbatan mutlaq boşqaça yöl tutişimiz lozim", deb aytgandi Styuart. Uning aytişiça, agar AQŞ va NATO öz strategiyasini özgartirmasa, unda "Tolibon" jang maydonlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erişişi mumkin.

Avvalroq The Washington Post naşri qabul qilinadigan variantlardan biri sifatida Afğonistonga kamida 3 ming amerikalik harbiy va zobitni yuboriş va NATOga ham şunça qöşin yuboriş çaqiriği bilan murojaat qilinişi bölişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Naşr AQŞ ma'muriyati vakiliga iqtibos keltirgan holda Tramp Afğonistonda "yutişni boşlaş" istagidaligi va uni bu borada ma'muriyatining yuqori lavozimli mansabdor şaxslari qöllab-quvvatlayotganlarini ta'kidlab ötgandi.