Yaponiyada 2011 yilgi zilzila va sunami sabab zarar körgan “Fukusima-1” AES yadro reaktorini tadqiq qilişga möljallangan robot-baliq yaratildi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bergan.

Ma'lumotlarga köra, suzuvçi qurilma Toshiba korporatsiyasi va yadro reaktorlarini buziş muammolari böyiça Xalqaro institut tomonidan Kanagava prefekturasidagi Yokosuka şahrida payşanba kuni namoyiş etildi. 

“Mini-mambo” (mini-“oy-baliq”) nomli robot hajmi 13 ga 30 santimetr bölib, u kabel orqali boşqariladi. Ya'ni, u uçinçi raqamli reaktorga himoya qatlami orqali kirişi va yetgan zararlarni fotosuratga tuşirişi lozim böladi. Bu ma'lumotlar asosida Fukusimadagi AES reaktoridan radioaktiv çiqindini yöqotiş böyiça işlar baholanadi.

Xabarlarga köra, dastlabki ölçovlar ikkinçi reaktor himoya qatlami içidagi erib ketgan yoqilğining ionlaştirilgan nurlaniş miqdori soatiga 650 zivertni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, tabiiy radiatsiya foni yiliga taxminan 2,4 millizivertni taşkil etadi.