Irlandiya parlamenti quyi palatasi – Doyl deputatlari "Fine Gael" (Birlaşgan irlandlar) partiyasining yangi yetakçisi Leo Varadkar nomzodini Irlandiya boş vaziri lavozimiga ma'qullaşdi.

Yaqin soatlarda Varadkar davlat rahbari qarorgohiga borib, prezident Maykl Xiggins qölidan ijroiya hokimiyatining atributi – idora muhrini oladi. 14 iyunda u yangilangan vazirlar mahkamasi tarkibini e'lon qilişi kutilmoqda.  

Leo Varadkar 18 mayga ötar keçasi "Fine Gael" yetakçisi vakolatlarini topşirgan, endilikda sobiq boş vazir Enda Kenni örnini egallaydi. 2 mayda Varadkar partiya içidagi saylovlarda 60 foiz ovoz olib, özining yagona raqibi Saymon Kouvenini yutib çiqqandi va şu tariqa Irlandiya boş vaziri lavozimiga asosiy da'vogarga aylangandi.