Turli davr va şaroitlarda taqdir taqozosi bilan yurtimiz tarixi va madaniyatiga, dinimizga oid köplab noyob qölyozmalar va arxiv hujjatlari çetga olib ketilgan. Ular bugungi kunda xorijiy davlatlarning fond va muzeylari, ilmiy-ma'rifiy muassasalarida saqlanmoqda. Navbatdagi videoselektor yiğilişida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu mavzuga murojaat qildi.
"Noyob tarixiy aşyolar va san'at asarlari nafaqat xalqimizning nodir durdonasi, balki jahon ahamiyatiga molik yirik kolleksiyalar hisoblanadi.
Çet ellarda saqlanayotgan madaniy boyliklarimizni aniqlaş va ularni har tomonlama örganiş, imkon qadar mamlakatimizga olib keliş maqsadida keyingi davrda birmunça işlar amalga oşirildi. Lekin hammamiz tuşunamizki, bu işlarni jamoatçilik asosida hal qilib bölmaydi. Bu masalani davlat siyosati darajasiga kötariş zarur.
Bu esa tegişli moliyaviy va taşkiliy resurslarni, sohaga yuqori ilmiy salohiyatli kadrlar va mutaxassislarni jalb qilişni talab etadi.
Uşbu muhim vazifani amalga oşiriş uçun biz hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida markaz tuziş böyiça qaror loyihasi ustida işlayapmiz.
Bundan asosiy maqsad şuki, tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qölyozma bölsa ham, ularni töplab, xalqimizni, yoşlarimizni taniştiriş, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatiş, farzandlarimizni şu uluğ merosga munosib etib tarbiyalaşdan iborat", - dedi davlat rahbari.
Şu örinda Özbekistonda olib borilayotgan ana şunday işlar nafaqat yurtimizda, balki çet ellarda ham jiddiy qiziqiş uyğotayotgani ta'kidlandi.
"Dunyodagi, musulmon olamidagi nufuzli xalqaro taşkilotlar, katta obro‘-e'tiborga ega bölgan rasmiy şaxslar bu borada biz bilan hamkorlik qiliş istagini bildirişmoqda", - qöşimça qildi Prezident.









