Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlari seriyasi eng yaxşi zamonaviy smartfon nomiga ega böldi. Iste'molçi bozorining yangi qurilmalarini muntazam ravişda örganuvçi nufuzli Consumer Reports jurnali reytingi şundan dalolat bermoqda.

Naşr mutaxassislari sifatli displeylar, ajoyib kameralar, şuningdek qurilmaning avtonom xizmat vaqti davomiyligini yuqori baholaşdi. Bundan taşqari, tadqiqotçilarning sözlariga köra, telefonning uzaytirilgan ekrani (standart 16:9 örniga 18,5:9), suvga bardoşli korpusi alohida e'tiborga loyiq. Smartfon yarim soat 1,5 metr çuqurlikdagi suvda turgan bölsa-da, işdan çiqmagan.

Uning noma'qul jihatlariga u qadar qulay joylaşmagan barmoq izlari skaneri keltirilgan. U smartfonning orqa panelida, obektiv oynasi ostida joylaşgan. Natijada foydalanuvçi kameraning himoya oynasiga tegib ketişi mumkin.

Smartfon narxi yana bir salbiy jihat sifatida keltirilgan - AQŞda Galaxy S8 modeli xaridorlarga taxminan 720 dollarga tuşadi, S8+ esa - 840 dollarga.