"ZAGS" dalolatnomasisiz nikoh o‘qigan har qanday mulla jinoiy jazoga tortiladi

Foto: O‘zA
Bugungi kunda turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik holatlari, afsuski, uchrab turibdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyundagi videoselektor yig‘ilishida bu masalaga alohida e'tibor qaratdi.
"Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e'tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda.
Yana bir noxush holatni bugun afsus bilan aytmoqchiman: oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda.
Sizlar yaxshi bilasizlar, Qur'oni karimda “O‘zingizni nohaq o‘ldirmangiz” deb buyuriladi. Muborak hadislarda o‘z joniga qasd qilganlar hech qachon jannatga tushmasligi ham bayon qilinadi.
Shunga qaramasdan, ayollarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari barham topmayotgan ekan, biz avvalo buning sabablarini bartaraf etish haqida har tomonlama o‘ylashimiz, jumladan, aholimiz, ayollarimiz o‘rtasida dinimizning bu ko‘rsatmalarini tushuntirishimiz lozim, - dedi davlat rahbari.
Shu o‘rinda yana bir nozik masala bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
"Ba'zan hayotda "ZAGS", ya'ni, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organidan o‘tmasdan turib, pul evaziga yashirincha shar'iy nikoh o‘qitish, xotin ustiga xotin olish holatlari ham, ming afsuski, uchrab turibdi.
Bir paytlar hayotning o‘zi rad etgan kundoshlik, qo‘shxotinlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar” romanida kundoshlik tufayli butun bir oila boshiga tushgan fojialarni juda ta'sirchan tasvirlab bergani nahotki saboq bo‘lmagan bo‘lsa?
Axir, tegishli davlat idorasida qonuniy qayd etilmagan “nikoh”dan tug‘ilgan farzandlarning taqdiri, kelajagi ertaga nima bo‘ladi? Tabiiyki, davlat qonunlari bo‘yicha ular ko‘pgina huquqlardan mahrum bo‘lib qoladi. Xususan, otalikni belgilash, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish, meros huquqi, o‘sib-ulg‘ayganidan keyin bog‘chaga, ta'lim muassasalariga qabul qilish masalalarida qanchadan-qancha muammolar paydo bo‘ladi.
Eng yomoni, bunday bolalar ruhan majruh bo‘lib, turli ma'naviy nuqsonlar bilan voyaga yetadi. Ular o‘zini jamiyatning to‘laqonli a'zosi deb his etolmaydi.
Hurmatli imom-xatiblar, sizlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organidan berilgan hujjatni ko‘rmasdan turib, turli boyvachchalarga shar'iy nikoh o‘qib berayotganingizda mana shunday ishingiz oilalarga qanday baxtsizlik, jamiyatga qanday katta muammo olib kelayotganini loaqal tasavvur qilasizlarmi o‘zi?!", - deya savol bilan yuzlandi Prezident.
Shu o‘rinda hozirgi kunda hayotimizda avj olayotgan ana shunday xunuk, yaramas holatlarga chek qo‘yish maqsadida alohida qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani ta'kidlandi.
"Bu qonunda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatga ega bo‘lmagan shaxslarga shar'iy nikoh o‘qigan har qanday mullaga, agar u vallomat bo‘lsayam, jinoiy jazo berish ko‘zda tutiladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Beton, g‘isht quyish ham qo‘limdan keladi” – rishtonlik suvoqchi qiz hikoyasi
Jamiyat | 15:21
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
-
O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:55
-
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi
Jahon | 14:54
Mavzuga oid

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

17:59 / 09.04.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi

19:03 / 22.11.2024