Islomiy va milliy qadriyatlardan biri özgalarga yordam qölini çözişdir. Uşbu kömak moddiy yoki ma'naviy bölişi mumkin. Ramazon oyida beriladigan zakot va fitr ana şunday qadriyatlar sirasiga kiradi. Bu haqda muslim.uz yozmoqda.
“Zakot” sözi tilimizda “poklik” va “ösiş” ma'nolarini bildiradi. Şar'iy istilohda esa “Zakot maxsus moldan, maxsus juzni maxsus şaxsga Allohning roziligi uçun şariatda tayin qilinganidek mulk qilib berişdir”.
Zakot tufayli ijtimoiy barqarorlik yuzaga keladi. Şuningdek, zakotning faqat moddiy emas, balki ma'naviy, ruhiy, axloqiy ma'nolari ham bor. Zakotda beruvçiga ham, oluvçiga ham, ular yaşab turgan jamiyatga ham katta foyda bor. Zakot berişdan asosiy maqsad kam ta'milangan faqir-fuqaro, beva-beçoralarga moliyaviy yordam beriş barobarida insonni molu dunyodan ustun qiliş, inson mol-dunyoning emas, mol-dunyo insonning quli ekanini ta'minlaşdir.
Imom Ğazzoliy rahmatullohi alayh:
“Alloh taolo Öz bandasiga jon ne'mati va mol ne'matini bergan. Badan ibodatlari jon ne'matining şukridir. Moliyaviy ibodatlar mol ne'matining şukridir”, deganlar.
Zakot musulmonlarning ma'lum sanoqqa yetgan va bir yil aylangan çorva mollaridan beriladi. Uning şarti yilning köp qismini yaylovda ötkazgan bölişi kerak. Ulamolarimiz buning hikmatini quyidagiça aytgan. Odatda, çorva hayvonlar yaylovdagi öt-ösimliklar bilan oziqlanadi. Vaholanki, öşa yaylovda ungan öt-ölanlar aholining umumiy mulki hisoblanadi. Demak, unda xalqning haqi bor. Çorvador hamma molini xalqqa bera olmasligi tabiiy. Şu boisdan unga molidan 2,5 foizni ajratiş kifoya. Ana öşa ajratilgan mulk, tabiiyki, özi kabi mulkdor boyga emas, muhtoj odamga beriladi.
Muayyan miqdorga yetgan, yil tölgan tijorat mollaridan ham zakot beriladi. Tijoratçining mulkiga şubhali mollar aralaşib qolişi ehtimoli bor. Molini poklab oliş uçun muhtojlarga şariat belgilagan qismini ajratişi kerak böladi. Yana uyida zakot miqdorida puli borlar, yo sotiş niyatida maşina, uy-joy, qimmatbaho narsalar olib qöygan hamda 85 gr tillo-kumuşi borlar ham zakot beradi. Tasavvur qiling, bir odamning uyida 15 milliondan ortiq puli bor. Buni asrab qöyganiga bir yil böldi. Şundan u zakot berişi kerak böladi. Çunki pulni uyida saqlagani bois davlat va jamiyat zarar köradi.
Zeb-ziynat va tillo taqinçoqlar heç qaçon qadr-qiymatini yöqotmaydi va tabiiy ravişda narxi ösuvçi mol hisoblanadi. Şuning uçun ham undan uluş beriladi. Zero, ba'zi uddaburon odamlar pulni jamğariş maqsadida tilloga aylantirib qöyişi heç kimga sir emas. Davlatga tölanadigan soliq sadaqa va zakot hisobiga ötmaydi.








