AQŞ harbiy-havo kuçlarining ikkita B-1B tovuşdan tez harakatlanuvçi bombardimonçisi Janubiy Koreyadagi maşqlarda iştirok etmoqda. Ular öz bortida yadro qurolini ham olib yuriş imkoniyatiga ega, deb xabar berdi «Ryonxap» agentligi.

Ta'kidlanişiça, Seul tomondan maşqlarda F-15K qiruvçilari qatnaşadi.

«B-1B ikkita bombardimonçisi bugun Koreya yarim oroliga yetib keldi va bizning F-15K qiruvçilarimiz bilan qöşma maşqlarda iştirok etmoqda», - deyiladi xabarda.

Agentlik ma'lumotiga köra, Amerika samolyotlari Kanvondo viloyatidagi Pxilson poligonida maşğulotlar davomida bombalar taşlaydi.