«Paxtakor» va Özbekiston terma jamoasi hujumçisi Igor Sergeyev JFL.uz internet-naşriga intervyu berdi. Sergeyev intervyu davomida terma jamoadagi muvaffaqiyatsizliklari, muxlislarning e'tirozi va JÇga çiqiş imkoniyatlariga töxtaldi.

– Nima uçun termada gol ura olmayapsiz, bunga qulay pozitsiyada öynamayotganiz sababmi?
– Bu boşqa darajadagi öyin. Qaçon biz Filippin va şunga öxşaş jamoalar bilan öynaganimizda töliq ustunlik qilamiz. Bunday öyinlarda esa imkoniyat köp bölmaydi. Nafaqat menda, balki jamoaning boşqa öyinçilarida ham, çunki raqib jamoa yaxşi himoyalanadi. Agar e'tibor bergan bölsangiz, biz bir qança gollarni standartlardan kiritganmiz. Himoyani yorib ötiş esa juda qiyin. Ular jismonan ham baquvvat va ham böy jihatdan ustunlikka ega. Agar menda 10ta imkoniyat bölib, gol urolmaganimda aytardim – «Ha, men gol urolmayman». Ammo imkoniyatning özi bölmayapti-ku.

– Futbolda harakat qilmasang, raqib jamoa imkoniyat bermaydi-ku? (Eron – Özbekiston 2:0 misolida).
– Haqiqatan ham bu futbol va imkoniyat har doim böladi. Hozir hamma jamoa bunga tirişmoqda, biz ham bunga harakat qilamiz. Ha, qayerlardadir imkonsiz holda qolib, yutqazdik. Hozir hamma jamoa bir xil imkoniyatga ega, lekin hammasi öyin tartibiga qaraydi. Qaysi jamoa himoyani yaxşi uşlasa va imkoniyatlardan foydalana olsa, öşa jamoa ğalaba qozonadi.

– Milliy terma jamoaning hujum çiziğiga davogarlar köp. Raqobatdoşlaringiz töğrisida nima deya olasiz?
– Temurxöja bilan yaxşi munosabatdaman. U yaxşi yigit. Agar mening joyimda uni körişni istaşsa, nima ham derdim. Oldinda yoki çap qanotda öynaşimni men hal qilmayman, buni murabbiylar hal qiladi. Murabbiylar orqasida ham buni köra oladigan juda köp odamlar ötiradi. Ba'zi paytlarda çap qanot yarim himoyasiga qöyişadi, menimça hammasi töğri öylangan.

– Muxlislar sizni terma jamoaning hujum çiziğida körişni istaşmayapti. Ularga qanday javob bera olasiz?
– «Termadan ket» deyişsa, kulgim keladi. Menga işonib terma jamoaga çaqirişadi, bu men uçun şaraf, ğalaba uçun hatto maydonda ölişga ham tayyor böladi futbolçi. Lekin vaziyatni tuşunmaydigan ba'zi birovlar «Termadan ket» deydi. Tasavvur qiling, senga işonib çaqirişsa, sen termaga kerak bölsang, qanday qilib «Yöq, keçirasizlar, men öynamayman», deb uyga borib, divanda yotasan. Bu — sotqinlik.