Eronning «Persepolis» klubi Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Igor Sergeyev bilan şartnoma imzolaganini e’lon qildi va futbolçining taqdimotini ötkazdi. Yangi jamoasida 32 yoşli hujumçi 19-raqam ostida öynaydi.
OAV ma’lumotlariga köra, Sergeyevning «Persepolis» bilan şartnomasi 1,5 yilga möljallangan. Bu vaqt oraliğida futbolçi 1,5 mln dollarga yaqin maoş oladi.
Hujumçi «Persepolis»da yana bir özbekistonlik futbolçi Oston Örunov bilan birga töp tepadi.
Igor Sergeyev ötgan mavsumni Toşkentning «Paxtakor» klubida ötkazib, 29 öyinda maydonga tuşib, 20 ta gol urdi va kumuş medallarning qölga kiritilişiga salmoqli hissa qöşdi. Sergeyev bu körsatkiç bilan Superliga töpurari sovriniga ega çiqdi. Şuningdek, mavsum yakuniga köra, Superligada 2025 yil futbolçisi deb topildi.
«Persepolis» - Eronning eng nomdor futbol klublaridan biri. 1963 yilda Tehronda taşkil etilgan. 16 marta mamlakat çempioni (Eron Pro-ligasidagi rekord unvonlar soni), 7 karra Xazfiy kubogi sohibi, 5 karra Eron Superkubogi sohibi, Osiyo kubogi egalari kubogi ğolibi (1990/91). Osiyo Çempionlar Ligasining doimiy iştirokçisi.












