Bir oydan beri IŞID bilan boğlangan jangarilar va Filippin armiyasi örtasida töqnaşuvlar davom etayotgan Filippin janubida ekstremistlar maktabga hujum qilib, odamlarni garovga oldilar. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea Mindanao oroli markazidagi Kotabato viloyatida joylaşgan Pigkavayyan şahrida yuz bergan. Bu yerda "Bangasamoroda ozodlik uçun islom kuraşçilari" (BIFF) guruhi a'zolari hukumat qöşinlari bilan otişmaga kirişgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.
Pigkavayyan BIFF jangarilari boşqa guruhlar jangarilari bilan bir oy davomida hukumat armiyasi bilan faol jangovar harakatlar olib borgan Maravi şahridan 190 km uzoqlikda joylaşgan.
May oyida Filippin prezidenti Rodrigo Duterte IŞIDni qöllab-quvvatlovçi jangarilar va armiya örtasida töqnaşuvlar boşlangandan keyin Mindanao viloyatida harbiy vaziyat tartibini kiritgandi.












