Forbes jurnali dunyoning eng badavlat kişilari reytingini taqdim etdi. Unga köra, ilk uç örin amerikalik milliarderlar tomonidan egallandi.

Birinçi örin "Microsoft" asosçisi Bill Geytsga nasib etdi. Uning yillik sof daromadi hozirda 86 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinçi örinda 75,6 milliard dollar körsatkiç bilan investor Uorren Baffet nomi qayd etildi. "Amazon" internet-kompaniyasi asosçisi Jyeff Bezos uçinçi poğonani band etdi. Bezosning moliyaviy ahvoli 72,8 milliard dollarga baholandi.

Törtinçi örinni "Zara" brendi rahbari ispaniyalik Amansio Ortega egalladi. Uning sof daromad körsatkiçi 71,3 milliard dollarni taşkil qiladi. "Facebook" asosçisi Mark Tsukerberg esa 56 milliard dollar daromad bilan beşinçi örinni egalladi. Ta'kidlaş joizki, u reytingning ilk satrlaridagi eng yoş milliarder va Kaliforniya ştatining eng badavlat kişisi ham  hisoblanadi. Meksikalik 77 yoşli Karlos Slim nomi 54,5 milliard dollar körsatkiç bilan oltinçi örinda kelgan. U Telecom kompaniyasi rahbaridir.

Keyingi örinlarda Larri Eliston (7-örin, Software kompaniyasi), Çarlz Kox (8, Diversified), Devid Kox (9, Diversified) va Maykl Blumberg (10, Bloomberg) nomlari qayd etilgan.