«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu soliqlarni tölamagani böyiça iş tafsilotlari ma'lum qilindi.
Der Spiegel tarqatgan xabarga köra, futbolçining advokatlari işni yengillaştiriş uçun muhim hujjatlardan birini qalbakilaştirgan bölişi mumkin.
Futbolçining advokatlari bildirişiça, Ronalduning daromadlari 2009 yildan boşlab tekşirilişi kerak. Çunki, futbolçi aynan şu yili «MYu»dan «Real»ga ötgan. Ammo prokuror bu haqdagi hujjatni rad etgan va Ronaldu 2008 yilning 12 dekabrida kuni «Real»ga ötganini ta'kidlagan.
Ötgan haftada Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni tölamaganlikda aybladi.
Biroz avvalroq futbolçi prokuratura bilan hamkorlik qilişi va 14,8 mln yevro miqdoridagi mablağni öz ixtiyori bilan tölab berişi haqida xabar paydo böldi.








