AQŞ Hindiston harbiy-havo kuçlariga umumiy qiymati 2 mlrd dollardan oşadigan 22 ta harbiy dron yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 22 iyunda bu bitim böyiça muzokaralar borişidan xabardor bölgan manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Pentagon bu bitim haqida Hindiston boş vaziri Narendra Modining 26 iyunda AQŞga taşrifi oldidan e'lon qilmoqçi. Modini Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp kutib oladi.
Bort qurol-aslahasi bölmagan dronlarning yetkazib berilişi ikki davlat örtasida harbiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlaşga yönaliş olinganini körsatişga qaratilgan.
2016 yil avgustida Business Standard naşri ma'lum qilganidek, Hindiston mudofaa vaziri Manoxar Parrikar AQŞga taşrifi vaqtida AQŞning Predator turidagi dronlarini sotib oliş imkoniyatini muhokama qilmoqçi bölgan. Naşr ma'lumotlariga köra, Nyu-Dehli kelajakda "Hindistonda tayyorla" dasturi doirasida qöşma korxona negizida Hindistonda dronlar yaratişni rejalaştirmoqda va tegişli işlanmalarni qölga kiritmoqçi.
Avvalroq TASS axborot agentligi xabar bergandek, Vaşington Hindistonga zamonaviy harbiy dronlar va ularni işlab çiqariş texnologiyasini berişdan boş tortgan. Biroq Hindiston 2016 yil iyunda Raketa texnologiyalari ortidan nazorat tartibiga qöşilgan va uning AQŞ dronlarini xarid qilişga imkoni oşgan. Uşbu tartib 30 dan köproq davlatni birlaştiradi. Uning asosiy maqsadi yadroviy qurolni yetkazuvçi dronlarni yaratişga kömak beruvçi uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berişni nazorat qiliş orqali yadroviy qurol tarqalişi xatarini kamaytirişdan iborat.











