23 iyun kuni Prezident «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistondagi Islom madaniyati markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Qarorga köra, markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
mamlakat asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bölib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani işlab çiqiş va amalga oşiriş;
markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qölyozmalar fondlarini bugungi Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir qadimiy qölyozma va toşbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, şu yönalişdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot işlari, kitob va töplamlar, video va foto hujjatlar hisobidan şakllantiriş;
markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yönalişlarini çuqur öylangan, ilmiy asoslangan aniq reja böyiça şakllantiriş va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyiş etiş;
islom dini rivojiga ulkan hissa qöşgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Şoşiy, Abdulxoliq Ğijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marğinoniy, Bahouddin Naqşband, Xöja Ahror Valiy kabi allomalarning merosini ilmiy asosda çuqur tadqiq etiş, ularning ilmiy-ma'naviy jasorati, uluğ insoniy fazilatlarini keng tarğib qiliş;
jahon ilm-fani tarixida öçmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahşariy, Mirzo Uluğbek, Ali Quşçi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi örni va ahamiyatini, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san'at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini çuqur oçib beriş;
islom dini odamlarni, barça millat va xalqlarni hamişa nurli hayotga, ezgulik, özaro döstlik va insoniylikka da'vat etişini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etişga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, jahon ahlini bir maqsad yölida — jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşiş yölida birlaşişga çorlaydigan turli anjumanlar, ma'rifiy tadbirlarni amalga oşiriş;











