Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining xayriya fondi 10 mln yevrolik daromadni yashirgan
Mashhur futbolchilar atrofida soliq mojarolari avj olishda davom etmoqda. Yaqindagina Krishtianu Ronalduning Ispaniya g‘aznasi oldidagi juda ko‘p miqdordagi qarzi haqida ko‘plab xabarlar berildi (15 million yevro), keyin esa “yomon yigitlar” ro‘yxatida portugaliyalikning futboldagi bosh raqobatchisi – "Barselona"ning 30 yoshli hujumchisi Lionel Messi ham paydo bo‘ldi.
Jurnalistlarning xabar berishicha, Leo xayriya fondi tashkil etilganidan buyon (2007 yil), to 2015 yilga qadar daromadining katta qismini deklaratsiyadan o‘tkazmagan.
Muxbirlarning fikricha, tashkilot futbolchining biznes-ishlari uchun aslida bir niqobdir.
2009 yilda Lionel Messi otasi bilan Argentinadagi Rosario shahrida Fundacion Leo Messi vakolatxonasini ochdi, biroq o‘z tashkilotini Ispaniyada jamoatchilik sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Jurnalistlarning ma'lumot berishicha, Messi aynan Rosarioda barcha turdagi shartnomalarni imzolagan, biroq hech qanday deklaratsiyani taqdim etmagan.
Keyinchalik Argentina moliya vazirligi Fundacion Leo Messi’ni o‘z ro‘yxatidan chiqarib tashladi, sababi bir necha yil davomida tashkilot hisoblari haqida hisobot olmagan.
Bu mojaro Leoning xayriya faoliyatini jiddiy tarzda obro‘sizlantiradi, argentinalikning butun dunyo bo‘ylab millionlab ishqibozlari aynan shundan faxrlanishardi.
Mavzuga oid
11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
10:26 / 12.08.2023
Ligalar kubogi. «Inter Mayami»dan yirik g‘alaba, Messidan 8-gol
08:17 / 22.07.2023
Liga kubogi. Messi debyut o‘yinida 90+4-daqiqadagi goli evaziga «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi
19:28 / 20.07.2023