«Leoning debyuti ehtimolini rad etmayman, ammo men hali Messining yana bir mashg‘ulotlardagi holatiga baho berishim kerak. Buskets haqida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin.

Ularning har ikkisi ham yangi jamoada yaxshi moslashib olishdi va ularni juma kungi bahsda maydonga tushishini taxmin qilish mumkin. Ammo men va’da bera olmaydigan gaplar masalasida shoshmaslikni afzal bilaman», - deydi argentinalik murabbiy.

Avvalroq, Messi yangi klubi safidagi birinchi o‘yinini juma kuni «Krus Asul»ga qarshi bahsda o‘tkazishi mumkinligi aytilgandi. Har ikki futbolchi 18 iyuldan jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgandi.