Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Farğona şahar bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.

Tekşiruvda aniqlanişiça, Farğona viloyati «Issiqlik ta’minoti» MÇJ mansabdor şaxslari 2024–2025-yillar hamda 2026-yilning yanvar–may oylarida haqiqatda aholiga 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan bölsa-da, viloyat iqtisodiyot va moliya boşqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga göyoki 212,3 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar kiritişgan.

Natijada ular byudjyetdan 12,9 mlrd söm ortiqça subsidiya mablağlari ajratilişiga erişib, davlat manfaatlariga juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga sabab bölişgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.