Polşa mezbonligida ötkazilayotgan yoşlar örtasida 2017 yilgi Yevropa çempionati finaliga çiqqan terma jamoalar nomlari ma'lum böldi. 

Dastlabki yarim finalda Germaniya U21 Angliya U21 terma jamoasi bilan öynadi va penaltilar seriyasida ğalaba qozondi.

Öyinning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi, inglizlardan Demaray Grey va Temmi Abraham gol urdi, nemislarning gollariga Deyvi Zelke va Feliks Platte muallif böldi.

Qöşimça bölimlarda gol bölmadi va penaltilar seriyasi boşlandi. Unda Germaniya yoşlari ustun keldi - 4:3, inglizlar yetakçisi Natan Redmond hal qiluvçi zarbani berişda adaşdi.

Ispaniya yoşlari Krakovda ötgan yarim final uçraşuvida Italiya yoşlari ustidan 3:1 hisobidagi ğalabaga erişdi.

Öyinning 53-daqiqasida Saul Janluiji Donnarumma darvozasini ilk marta işğol qilib, ispanlarni oldinga boşladi. Biroz vaqt ötib italyanlar 10 kişi bölib qolişdi — ikkinçi sariq kartoçkani olgan Roberto Galyardini maydonni tark etdi. Lekin «skuadra adzurra» tez orada hisobni tenglaştirdi — 62-daqiqada Federiko Bernardeski aniq harakat qildi. Öyindagi durang natija köp vaqt saqlanib turmadi — 3 daqiqa ötib Saul yana gol urdi. U 74-daqiqada «Qizil furiya»ning uçinçi golini ham urib, jamoani finalga olib çiqdi.

Endi Ispaniya yoşlari 30 iyun kuni yarim finalda Angliyani mağlub etgan Germaniyaga qarşi maydonga çiqadi.

Yevro-2017 (U-21)
1/2 final
Angliya U-21 – Germaniya U-21 2:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar böyiça - 3:4
Gollar: 0:1 – 35 Zelke, 1:1 – 41 Grey, 2:1 – 50 Abraxam, 2:2 – 70 Platte.
Angliya U-21 – Pikford, Çembers, Çiluell, Xolgeyt (Iorfa, 105), Mouson, Xyuz (Svift, 86), Çaloba (Merfi, 66), Grey (Redmond, 73), Uord-Prouz, Beyker, Abraxam.
Germaniya U-21 – Pollersbek, Yung (Kerer, 80), Kempf, Tolyan, Mayyer, Xaberer (Kor, 102), Arnold, Filipp, Gnabri (Amiri, 87), Gerxardt, Zelke (Platte, 63).
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.